Xulosa: Kofein M.N.S. ga qo’zg’atuvchan ta’sir etadi, bundan tashqari kofein antogonist sifatida etil spirti, xloralgidrat va boshqa narkotik moddalarning ta’sir kuchini susaytiradi.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis Coffeini natrii-bensoatis 20%- 0,5
D.S. Teri ostiga.
11-laboratoriya mashg’ulot: Arekolin (yoki karboxolin) va atropinning baqa yuragiga alohida antogonistik ta’sirini tajribada ko’rsatish Tajriba maqsadi: Arekolin va atropinni antogonistik ta’sirini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Baqa, 1%-li arekolin, 1%-li atropin, paxta, pipetka, igna, taxtacha.
Tajribani bajarish: Baqa olinib, sipital teshigi orqali igna yuborib M.N.S buziladi va qorin qismi yuqoriga qaratilib, fiksatsiya qilinadi. So’ngra ko’krak qismi yoriladi, yurak topilib yurakni qisqarishlar soni sanaladi va yurakka bir tomchi 1%-li arekolin gidrobromid eritmasi tomiziladi. Yurak to’xtagandan so’ng 10 daqiqa o’tgach 1%-li atropin sulfat eritmasidan 1 tomchi tomiziladi. 2-3 daqiqadan so’ng yurak qisqarilib normaga qaytadi. Yana 1-2 tomchi tomiziladi, lekin yurak qisqarishlar soni kamaymaydi.
Xulosa: Arekolin ta’sirida parasimpatik nerv sistemasi kuzatiladi. Atropin esa qo’zg’algan parasimpatik nerv sistemasini neytrallaydi.
RETSEPTLAR YOZISh:
Rp.:Solutionis arecolini hydrobromidi 1% – gtt II
D.S. Tomizish uchun.
#
Rp.:Solutionis atropini sulfatis 1%- gtt II
D.S. Tomizish uchun.