Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-laboratoriya mashg’ulot: Kukun dorilar ,yumaloq dori (pilyulya )va bolyuslar (xab dori) tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə165/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

6-laboratoriya mashg’ulot: Kukun dorilar ,yumaloq dori (pilyulya )va bolyuslar (xab dori) tayyorlash texnologiyasi.


Darsning maqsadi:1. Kukun dori shakllari to’g’risida ma’lumotlarni yozib olish.
2. Kukunlar tayyorlash texnologiyasini o’rganish.

  1. Amaliy mashg’ulot darsida tayyorlangan kukun dori shakliga retsept yozish.

Dars uchun kerakli jihozlar: Natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid, kaliy sulfat kukunlari, tarozi va uning toshlari, xavoncha, qog’oz xaltachalar
Kukun - Pulvis, Pulveres
Kukun shaklidagi dori vositalari tarkibida bir yoki bir nechta qattiq dorivor moddalarning kerakligicha maydalangan holdagi aralashmasiga aytiladi.
Bu shakldagi dori vositalari asosan ichki va tashqi tomonga qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Qattiq dorivor moddalar maxsus tegirmonlarda va xavonchalarda maydalanadi. Maydalanishdan oldin qattiq dorivor moddalar +40o, +50oC issiqlikda quritilishi zarur.
Maydalangan dorivor moddalar (kukunlar) maxsus elaklardan utkaziladi, elakdagi teshikchalar soni har xil bo’lishi mumkin. Shu tufayli kukunlar katta kichikligiga qarab:

  1. Juda ham mayda- Pulveres subtilissimi

  2. Mayda- Pulveres subtilis

  3. Yirik kukunlar- Pulveres grossi

  4. Juda ham yirik- Pulveres grossissimi ga bo’linadi.

1. Juda ham mayda kukunlar 1 sm2 joyda 2500 dona teshikchali elaklardan o’tkazilib, bu teshikchalar kattaligi 0,12 mm ni tashkil etadi.
2. Mayda kukunlar 1 sm2 -1600 dona teshikcha, teshikchalar kattaligi-0,15 mm dan iborat bo’ladi.
3. Yirik kukunlar 1sm2 - 100 dona teshikcha bo’lib, teshikchalar kattaligi 0,60 mm ni tashkil etadi.

  1. Juda ham yirik kukunlar - elaklardagi teshikchalar kattaligi 3 mm ni tashkil etadi.

Kukun shakldagi dorilarni tayyorlash uchun, quruq dorivor moddalar olinib xavonchada ezilib yaxshilab aralashtiriladi. Shundan so’ng kukunlar kerakli miqdorlarda ulchab olinib maxsus qog’oz xaltachalarga joylashtiriladi va nomi yozib quyiladi.
Agar kukun tarkibida bitta dori moddasi bo’lsa oddiy kukunlar. Agar bir nechta dori moddalaridan tashkil topgan bo’lsa murakkab kukunlar deb ataladi.
Agar ehtiyoj bo’lsa kukunlarga ta’am beruvchi vositalar (shakar, glyukoza) qo’shiladi
Topshiriq: Suniy karlobar tuzini tayyorlash
1.Natriy sulfat - 22,0
2.Natriy gidrokarbonat-18,0
3.Natriy xlorid-9,0
4.Kaliy sulfat-1,0
Retseptda:
Rp.: Natrii sulfati - 22,0
Natrii hydrocorbonati - 18,0
Natrii Chloridi - 9,0
Kalii sulfati -1,0
M.f. Pulvis
D.S. Ichga, 200,0 suvda eritilib ichirilsin.
#
yoki ofisinal tayyor holatida retseptda quyidagicha yoziladi.
Rp.: Salis Carolini factitii- 50,0
D.S. Ichga, 200 g suvda eritilib ichirilsin.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin