Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə3/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Farmakologiya tarixi
Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgandan buyon asos solingan. O‘sha davrda ham odamlar kasal bo‘lganlar, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo izlaganlar.
1.Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob, “Har xil a’zolarga qo‘llaniladigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlanadi.
2. Farmakologiyani rivojlanishida qadimiy Osiyo, Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlari katta hissa qo‘shgan.
a) Xitoy tibbiyotining asoschisi Snen-Nung bundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida dorivor o‘simliklar nomlari, dori tayyorlash usullari, dorilar ta’siri va qo‘llanishi keltirilgan.
b) Hind shifokori Sushruta “Ayur-Veda” kitobida 700 xil dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot yozgan.
v) Tibetda esa “Jud-Shi” (Shifobaxsh dorilar mohiyati) kitobi mashhur bo‘lgan.
Eramizdan 1500 yil ilgari anor po‘stlog‘ini gijjaga qarshi ta’siri, kanakunjut moyini surgi ta’sirini, dengiz piyozini yurakga foydali ekanligini bilishgan. Bular hozir ham qo‘llaniladi.
3. Qadimgi Yunon vrachi Gippokrat (Buqrot), Rim tabibi Galenlar ham dori-darmonlar haqida ko‘p ishlar olib borgan.
4. Farmakologiyani rivojlanishida O‘rta Osiyo allomalarini ham hissasi katta. Ibn Abbos yangi dorilar avval hayvonlarda sinab ko‘rishni ta’kidlagan. Zakariyo tabobotga doir 36 ta asar yozgan Ibn Sino “Tib qonunlar” asarida 811 ta dori keltirilgan, shundan 612 tasi o‘simliklardan olinganligi ma’lum. Zahm kasalligini simob bilan davolagan.
Beruniyni “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo‘lgan 4500 o‘simlik, hayvon, minerallar nomlari va izohlar keltirilgan.
Yusuf Ilohiy- Ibn Sinoning shog’irdlaridan o‘z asarlarida turli kasalliklarni kelib chiqishini aniqlash va dorilar bilan davolash usullarini bayon etgan.
Bulardan tashqari Xorazimlik Jurjoniy, Umar,Samarqandiy kabi tabiblar ham o‘z zamonasida mavjud bo‘lgan dori va ularni davolashdagi roli haqida kitoblar yozib qoldirgan.
5. XVI asrda Evropada uyg‘onish davrining olimlaridan biri Paratsels farmakologiyani kimiyoviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan tibbiyotda yatroximiya (yatro-vrach) yo‘nalishini asoschisi. U simob, temir, oltingugurt, margumush va boshqa moddalar davolovchi ta’sirini sinovdan o‘tkazgan.
6. Ilmiy farmakologiyani rivojlanishida XIX asr oxirlari Rossiyalik farmakologlar Pavlov, Kravkov, Anichkov, Soshestvenskiylar katta hissa qo‘shdilar.
7. Vetirinariya farmakologiyasini Rossiyada rivojlanishida Soshestvenskiy va uning shog’irdlari I.E.Mozgov, Sidorava, Govorov, Savich, Botenov, Chervekov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Nikolay Aleksandrovich Soshensvenskiy - Rossiyada veterinariya farmakologiyasini asoschisi. U xlor, 4-xlorli uglerod, oltingugurtli angidrid, zaharlardan - fosgen difosgen, ipritlarni ta’sirini o‘rgangan va birinchi kitoblar avtori.
I.E.Mozgov-340 ga yaqin ilmiy ishlar bajargan, farmakologiya va retseptura darsliklari avtori akademik, davlat mukofatlari lauriati. U farmakologiya teoriyasi, chorvachilik va veterinariya amaliyotiga juda katta hissa qo‘shgan. Jumladan chorva mollari va parrandalar serpushtligi va mahsuldorligi oshirishni farmakostimulyasiya qilishda, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni farmakoprofilaktikasini ishlab chiqishda yuqori mahsuldor hayvonlar organizmi fiziologik holatlari farmakoregulyasiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin