Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi ahvoli va vazifalari Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi meditsina farmakologiyasi bilan yaqin aloqada va hamkorlikda rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ximiko-farmakologik sanoat barpo qilingan, qaysikim kerakli dorilarni hayvonlar uchun kerakli miqdorda ishlab chiqara oladi. Buning uchun kerakli xomashyo bazasi mavjud (mineral, kimyoviy, o‘simlik). Ko‘plab ilmiy-teksherish institutlari va laboratoriyalar tashkil qilinib, ular yangi dorilarni o‘rganib, amaliyotga tadbiq etmoqda.
Farmakologiya vazifalari 1.Farmakoterapiya - kasal hayvonlarni davolash uchun dorilarni qo‘llash.
2.Farmakoprofilaktika - Hayvonlarni kasalliklarini oldini olish maqsadida dorilarni qo‘llash.
3.Farmakostimulyasiya - Sog‘lom hayvonlarni mahsuldorligini oshirish uchun dorilar qo‘llash.
4.Farmakoanaliz - dorilar ta’siri organizmda bo‘ladigan fiziologik va bioximik o‘zgarishlar farqini o‘rganish
5.Farmakognoziya - dorilar olinadigan xomashyolarni o‘rganish
2-mavzu. Dori moddalarning ta’sir mexanizmi, farmakokinetikasi va farmakodinamikasi Reja: 1.Dorilar farmakokinetikasi, farmakodinamikasi ta’sir mexanizm haqida tushuncha.
2.Dori moddalar ta’sir turlari.
3.Dorilar ta’sir joylari.
4.Dori moddalar birga va qayta qo‘llaganda ta’sir xususiyatlari.
5.Dorilarni organizmga yuborish yo‘llari.
6.Dorilarni dozalari.
7.Dori dozalarining ahamiyati
Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г