V. V. Bartoldning Markaziy Osiyoga birinchi ilmiy safari



Yüklə 84,05 Kb.
səhifə1/7
tarix06.02.2023
ölçüsü84,05 Kb.
#83044
  1   2   3   4   5   6   7
V. BARTOLDning o`rta osiyo arxelogiyasi rivojlanishiiga amalga oshirgan tadqiqotlari


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO`NALISHI
III-BOSQICH 220-GURUH
TALABASI XOLMATOV HAMROHBEKNING
TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN

KURS ISHI


Mavzu: V.Bartodning O`rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirilgan tadqiqotlari .

Termiz-2022


MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………..3-5

I BOB. O‘RTA OSIYO VA XUROSON HUDUDLARINING O‘RGANILISHIDA AKADEMIK V.V.BARTOLDNING ASARLARNING AHAMIYATI




1.1. Akademik V.V. Bartold hayoti va ilmiy faoliyati ………………….…6-10


1.2.V.V. Bartoldning Markaziy Osiyoga birinchi ilmiy safari…….……10-14


II BOB. V.V. BARTOLD ASARLARIDA O‘RTA OSIYOLIK ALLOMALARNING ASARLARINING O‘RNI VA TARIXSHUNOSLIGI.


2.1. Bartold asarlarining Markaziy Osiyoni o‘rganishdagi qo‘shgan hissasi…………………………………………………………………….….16-20


2.2. Afrosiyobning ochilishi va Amudaryo masalasi……...………………21-26
Xulosa…….………………………………………………………..………...27-29


Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati…………………..…….30-31

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.1
“Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiyuslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanok ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kеlingan g’oyat ulkan, bеbaho ma'naviy va madaniy mеrosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyat muhim vazifa bo‘lib qoldi». Mustaqillikga erishgan kundan boshlab O‘rta Osiyo, shu jumladan o‘zbek xalqi tarixini haqqoniy va ob’yiktiv tarzda urganishga katta etibor berila boshlandi. Shu o‘rinda mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan asarlar bilan bir qatorda chet el olimlari, sharqshunos va tarixchilari tomonidan yaratilgan vatanimiz tarixiga oid asarlar chuqur tahlil qilinib urganilmoqda. Vatanimiz tarixini yoritishda rus tarixchi va sharqshunoslarining asarlari muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Shu jumladan rus tarixchilaridan akademik Vasiliy Vladimirovich Bartoldning ishlari a’loxida manba sifatida tahlil qilinib urganilmoqda. Mazko‘r diplom ishida akademik Vasiliy Vladimirovich Bartol’dning vatanimiz tarixini yoritishdagi ilmiy ishlari va uning hayotiy faoliyatiga bag’ishlandi. 2015 yilda yirik sharqshunos olim Vasiliy Vladimirovich Bartol’dning tug’ilganiga 146 yil to‘ldi. Akademik V. V. Bartol’dning Sharq tarixiga va ayniqsa, O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid asarlari keng shuhrat topdi va sharqshunoslikdagi erishgan o‘lkan yo‘tuqlarni bo‘tun dunyoga namoyish qildi.

Yüklə 84,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin