Kurs ishining ilmiy yangiligi va ahamiyati. Markaziy Osiyoni o‘rganishda salmoqli ishlarni amalga oshirgan Bartoldning tarixan boy hudud hisoblangan ushbu yerlarni o‘rganishdagi ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Shu boisdan ham bu hudud haqida ko‘plab manbalar va qator hujjatlar hozirga qadar o‘rganilib kelinadi. Ushbu jarayonni yoritib beruvchi ishimiz o‘quvchi va talabalar uchun keltirilgan mavzu yuzasidan maxsus kerakli qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, to‘rtta paragraf, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. O‘RTA OSIYO VA XUROSON HUDUDLARINING O‘RGANILISHIDA AKADEMIK V.V. BARTOLDNING ASARLARNING AHAMIYATI
1.1 Akademik V.V. Bartold hayoti va ilmiy faoliyati
Vasiliy Vladimirovich Bartold (1869-yil 3-noyabr – Peterburg – 1930-yil 19-avgust) — sharqshunos. Rossiya FAning akademik (1913). Peterburg universiteti sharq tillari fakultetini tamomlagan (1891). Bartold Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893-yilda kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U Fanlar akademiyasi sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq universitetining faxriy aʼzosi (1918), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928–1930). Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, "Eron" ilmiy jurnalning muharriri. Bartold Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filologiyasi va etnografiyasi, Afgʻonistan, Eron, Kavkaz orti va qisman Xitoy tarixiga oid asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Bartold Shoʻro Sharqidagi xalqlarning alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek, tatar, qirgʻiz, turk, fors, arab, ingliz, nemis va fransuz tillarida nashr qilingan. "Islom ensiklopediyasi"da 246 maqolasi bilan qatnashgan. Bartold Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, etnologiyasi va psixologiyasini chuqur oʻrgangan olim boʻlsada, Turkiston xalqi madaniyatini obʼyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning "Ulugʻbek va uning davri" asarida aniq seziladi. Chunki Bartold chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi.6
V. V. Bartoldning “Mo‘g‘ullar bosqini davrida Turkiston” nomli klassik asarining (1963 yilgi) nashriga yozilgan so‘z boshisida Bartold ulug‘ tarixchi deb ta`riflangan edi. V. V. Bartoldning hayot yo‘li o‘z mazmuniga ko‘ra, yo‘qsak iqtidorli va ko‘p qirrali olim faoliyatining tashkil topishi va rivojlanishining tipik namunasidir. Yo‘qsak qattiyatlilik, halollik va fikrlashda dadillik, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan qattiq talabchanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan inson Bartoldning ichki dunyosi ancha mo‘rakkabdir. Bartold doimo vaqtni qattiq hisobga olar, o‘zining bo‘tun kuch va quvvatini ilmiy ishlarga bag‘ishlab, har soat, har daqiqani unumli foydalanishga tirishardi. U nihoyatda ser g‘ayrat odam edi. Bartoldning shogirdi professor A.Yu. Yakubovskiy ustozi to‘g‘risida: “u naqilga aylanib ketgan zo‘r xotiraga va o‘zini soat yanglig‘ aniq harakat qiladigan mexanizmga aylantirib yuborgan ishchanlik qobiliyatiga ega edi», — deb eslaydi. Bartold keraksiz mavzulardagi tutriqsiz gap-so‘zlarni yomon ko‘rar, fan olamida daydib yurgan tasodifiy kishilarga munosabati keskin va mo‘rosasiz edi. (Akademik N. Yakubovskiy, Bartol’d hech kimning, agar u o‘zining tug‘ishgan birodari bo‘lsa ham munofiqligini sira kechirmasdi, deb yozadi). Bartoldning oq ko‘ngil, qalbi ochiq, kamtar, ilmdagi o‘z safdoshlariga sodiq do‘st, yosh olimlarga g‘amxo‘r ustoz bo‘lgan chin inson ekanligini har kim ham darhol bilib ololmasdi («Ish sohasida,— deb eslaydi professor V.F.Minorskiy,— Bartold bilimdon, sodiq do‘st hamda birovning talant va tashabbusini birinchi bo‘lib qo‘llab quvvatlaydigan kishi edi”). Bartoldning olim sifatidagi butun ongli hayoti o‘zining aql-zakovati va kuch-quvvatini bir umrga o‘zi tanlab olgan ilm sohasiga baxshida etishning yorqin namunasidir. Vasiliy Vladimirovich Bartold 1869- yil 3-noyabrda Peterburgda “burjua oilasi”da dunyoga keldi. Uning otasi aslida Rigalik bo‘lib, birja dalloli edi, onasi Peterburgdagi bir bank xo‘jayinining qizi bo‘lgan. V. V. Bartoldning eslashicha, otasidan meros qolgan mablag‘ uning ilm bilan mashg‘ul bo‘lish va o‘z ma`lumotini oshirish hamda ilm yo‘lidagi sayohatlar uchun kerak bo‘lgan barcha xarajatlarning yuziga borib o‘tirmaslik imkonini bergan. V. V. Bartol’d maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq Shrq xalqlari tarixi bilan qiziqib qoldi. 1887- yilda u Peterburgdagi 8-gimnaziyani oltin medal bilan tamomlaydi. Usha yilning kuzida Peterburg universiteti Sharq tillari fakul’tetining arab-fors, turk, tatar bo‘limiga o‘qishga kiradi. Bu erda u usha zamonning ko‘zga ko‘ringan sharqshunos olimlari N.I.Veselovskiy, K.P.Patkanov, V. D. Smirnov, V. R. Rozen kabilardan leksiya tinglaydi. Universitetda V. V. Bartoldning ilmiy qiziqishlari asosan, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining o‘rta asr tarixiga qaratildi. Olimning aytishiga qaraganda, uning tarixga qiziqishini oila a`zolari ham ma`qullashgan. Otasining ma`lumoti keng (u usha zamon kommersiya bilim yo‘rtini tugallagan edi) bulmasa ham, ilmning qadriga yetar, o‘g‘lining bolalarcha bajargan dastlabki sodda tajribalarini, undagi tarixchiga xos uncha- muncha talant uchqunlarini ko‘rib, o‘g‘lining ilmga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.7
Yosh olimning diqqatini, ayniqsa, O‘rta Osiyo ko‘proq o‘ziga tortdi. sakkiz million nafar (XIX asr oxirlaridagi hisob bo‘yicha) aholisi bo‘lgan bu bepoyon mamlakatni chor hukumati rus kapitalistlari va pomeshchiklrining mustamlakasiga aylantirgan edi. O‘rta Osiyo mehnatkash ommasi chor mustamlakachilarining, savdogar va boshqa tekinxo‘rlarning, shuningdek, mahalliy ekspluatatorlarning zulmi ostida ezilib keldi. O‘rta Osiyo o‘sha vaqtlarda iqtisodiy va texnik jixatdan qaloq va xalqi huquqsiz, qashshoq bir o‘lka hisoblanardi. Lekin, ayni zamonda, u turli-tuman tabiiy imkoniyat va boyliklarga: serhosil vohalar, bepoyon dasht va cho‘llar, baland tog‘lar, yashnagan vodiylar, Sirdaryo va Amudaryo kabi daryolar hamda boshqa ko‘p narsalarga ega edi. O‘rta Osiyoning yer osti boyliklari qariyb tekshirilmagandi. Lekin o‘sha vaqtlarda uncha-muncha ma`lum bo‘lgan konlar bu o‘lkaning neft, toshko‘mir, turli qurilish materiallari, nodir metallar kabi ko‘pgina qazilmalarga boy ekanidan darak berardi.
Rossiya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlarning kutubxona va muzeylarida O‘rta Osiyoga tegishli qadimiy qo‘lyozmalar saqlangan bo‘lib, u asarlarda O‘rta Osiyo hududida sodir bo‘lgan tarixiy voqealar va bu yerda yashovchi xalqlarning hayoti va turmushi to‘g‘risida boy ma`lumotlar keltirilgan. Ular orasida Xorazmiy, Beruniy, Rudakiy, Ibn Sino, Navoiy, Jomiy va boshqa buyuk olim, mo‘tafakkir va shoirlarning asarlari ham bor edi. Bu qo‘lyozmalarning bir qismi o‘sha vaqtlarda mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, nashr etilgan va yevropa tillariga tarjima qilingan edi, lekin qo‘lyozmalarning talay qismi qo‘l urilmagan holda kutubxona va arxivlarda «o‘lik yo‘q» bo‘lib qalashib yotardi. Yuzlab va minglab qo‘lyozmalar esa ayrim shaxslarning qo‘lida bo‘lib, bozorlarda sotilar va ko‘pincha, yuqolib ketardi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha umumlashtirilgan katta va jiddiy asarlar hali yaratilmagan edi. Bunday umumlashtirilgan asar yaratish uchun o‘sha vaqtlarda olimlar qo‘lida faktik materiallar juda ham oz edi.8
Shuningdek, Bartold Eduard Meyer (1855—1930), Teodor Nel’deks (1836— 1930) va boqsha taniqli olimlarning leksiyalarini tinglashga ham muyassar bo‘ladi. Bartold chet ellarda bo‘lgan vaqtida Sharq tillari bo‘yicha o‘z bilimini oshirdi, sanskrit tilini o‘rganishga kirishdi, Tabariy va boshqa sharq mualliflari asarlari asosida O‘rta Osiyo, jumladan, turklar to‘g‘risidagi ma`lumotlarni o‘rgandi. Bartold o‘zining xorijiy mamlakatlardagi mashg‘ulotlari haqida ana shu safarining tashabbuskori hisoblanmish ustozi Rozenni muntazam ravishda xabardor qilib turdi.
Xorijiy mamlakatlarga qilingan safar jarayonida O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi manbalarni chuqur o‘rganish bilan shug‘ullanish zarur degan fikr Bartoldni butunlay qamrab olgandi. «Tarixiy rivojlanishning yevropa tarixi uchun ishlab chiqilgan qonuniyatlarini yo‘llagan holda, qiyosiy usul yordamida O‘rta Osiyo tarixining hali bir qismini o‘rganishga birorta kishi ham o‘rinib ko‘rmagan bo‘lsa kerak,— deb yozgan edi Bartold Rozenga yo‘llagan maktublaridan birida,— O‘rta Osiyo tarixidan jiddiyroq ilmiy kurs yaratishni hozir, tasavvo‘r qilish qiyin. O‘z-o‘zidan ma`lumki, buni (O‘rta Osiyo tarixini) men yarata olmayman, lekin vujudga kelishini o‘z asarlarim bilan (agar ulmasam va salomat bo‘lsam) aqalli birmuncha tayyorlab ketish umididaman». Bartoldning bu maktub alohida diqqatga sazovordir. Birinchidan, u yigirma uch yashar yosh olim tasavvo‘rida O‘rta Osiyo va umuman, Sharq tarixi bo‘yicha kelajakdagi o‘z tadqiqotlarining vazifa va usullari hozirdayoq shakllana borayotganidan darak berardi. Chunonchi, u sharq tarixini o‘rganishda tarixiy rivojlanishning yevropa tarixi uchun ishlab chiqilgan qonuniyatlarni qo‘llagan holda qiyosiy usuldan foydalanishni o‘rtaga tashlaydi. Bu qonuniyatlarni sharq tarixini o‘rganishga tadbiq qilish to‘g‘risnda yosh olim ilgari so‘rgan fikr usha vaqtlarda shubxasiz progressiv xarakterga ega edi. Ikkinchidan, agar Bartoldning olim sifatidagi keyingi faoliyati nazarga olinsa, mazkur xat o‘ziga xos bashorat xarakteriga ega bo‘lganini bilib olish mumkin. Nihoyatda kamtar va o‘ta talabchan Bartold O‘rta Osiyoning ilmiy tarixini yaratish vazifasi o‘z zimmasiga tushishini aslo o‘ylamagan va bu xususda o‘z vazifasini shu tarixning «vujudga kelishini aqalli birmuncha tayyorlash»dan iborat deb bilgan edi. Bartol’d bu vazifani sharaf bilan va o‘z zamonasi uchun imkoni bo‘lgan maksimal darajada ado etdi (O‘rta Osiyoning chinakam va o‘zil-kesil tarixi esa 1917 yildan so‘ngina olimlarining jamoaviy kuch-g‘ayratlari bilan yaratildi ).9
Bartold asarlari quyidagi to‘qqiz jildda o‘nta kitob bo‘lib nashriyotdan chiqdi:
I jild. Mug‘ullar bosqini davrida Turkiston.
II jild. 1-qism. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha umumiy ishlar. Kavkaz va Sharqiy Yevropa tarixi bo‘yicha ishlar.
II jild. 2-qism. O‘rta Osiyo tarixining ayrim muammolari bo‘yicha ishlar.
III jild. Tarixiy geografiya bo‘yicha ishlar.
IV jild. O‘rta Osiyo va unga chegaradosh bo‘lgan mamlakatlarning arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi va etnografiyasi bo‘yicha ishlar.
V jild. Turkiy va mug‘ul xalqlarining tarixi va filologiyasi bo‘yicha ishlar. Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq tarixi bo‘yicha ishlar.
VI jild. Islom va arab xalifaligi tarixi bo‘yicha ishlar.
VII jild. Eron va Afroniston tarixi va filologiyasi bo‘yicha ishlar.
VIII jild. Manbashunoslik bo‘yicha ishlar.
IX jild. Sharqshunoslik tarixi bo‘yicha ishlar.
Dostları ilə paylaş: |