V. BARTOLDning o`rta osiyo arxelogiyasi rivojlanishiiga amalga oshirgan tadqiqotlari
2.2. Afrosiyobning ochilishi va Amudaryo masalasi. Bartoldning o‘zi bir necha bor ta`kidlab o‘tganidek, yozma manbalar ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishi uni O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotini jonlantirish uchun o‘lkaning tabiiy resurslarini ishga solishda ozmi-ko‘pmi foyda keltirish istagidan aslo qaytarolmadi. Bartoldning yuqorida aytilgan asariga kelganda shuni aytish kerakki, u tarixchilar, geograflar, geologlar va boshqa soha olimlarining diqqatini ilgaridan o‘ziga jalb qilib kelayotgan Amudaryo muammosiga bevosita aloqador edi. O‘rta Osiyoning eng yirik suv yo‘li bo‘lmish Amudaryo eng qadim zamonlarda Kaspiy degiziga quyilganmidi? O‘zboy Amudaryoning qurib qolgan o‘zani bo‘lganmi yoki u qadim zamonlarda dengiz bug‘ozi bo‘lgan joyning o‘zimi? Tabiiy-ilmiy bilimlarning vakillarigina emas, arxeologlar, tarixchilar, sharqshunoslar ham bu muammolarni hal etishga rosa o‘rinib ko‘rganlar. Biroq revolyutsiyadan ilgari o‘tgan tarixchi-sharqshunoslardan birontasi ham bu ishga V. V. Bartold singari ulkan hissa qo‘sha olmadilar. Bartoldning «Orol dengizi va Amudaryo etaklari to‘g‘risida ma`lumotlar» asari Orol dengizi va Amudaryo etaklari (Xorazm vohasi va uning atrofidagi tumanlar) to‘g‘risidagi musulmon avtorlari keltirgan ma` lumotlarning, jumladan, gidrogeografiya, irrigatsiya va boshqa masalalarga doir ma`lumotlarning juda keng bayoni va tanqidiy analizi edi. Bu yerda ham Bartold tarixiy geografiya sohasida o‘z prinsiplariga sodiq qoladi. Bartoldning tarixchi sifatidagi birinchi navbatdagi vazifasi, uning o‘z so‘zicha, «Amudaryoning qayoqqa quyilishi to‘g‘risidagi ma`lumotlarnigina aniqlashdan emas, balki mahalliy sharoitning xarakterini aniq bilib olish uchun Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilgan qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan joylar va sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risidagi ma`lumotlarni to‘plash»dan iborat edi. Bartoldning fikricha, «O‘zi sug‘orib o‘tgan mamlakatlarning butun hayotini belgilovchi ana shu daryoning qadim zamonlarda qaysi tomonga qarab oqanligi masalasi yer sirtining tarixini yoki O‘rta Osiyo aholisi tarixini aniqlash bilan sho‘g‘ullanuvchi barcha kishilar uchun muhim ahamiyatga ega» bo‘lgan muammo edi.18 Bartold o‘z vazifasini favqulodda muvaffaqiyat bilan ado etdi. Shuningdek, «Amu qayoqqa quyilar edi» masalasini tushunib olish borasida ham Bartold asari katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Akademik L.S. Bergning ishonchli so‘zlariga qaraganda, «Bartold qisman yangi topilgan mu`tabar tarixiy shahodatlar orqali, qisman ilgari ma`lum bo‘lgan qo‘lyozma manbalarni- tanqidiy ishlab chiqish yo‘li bilan Amudaryoning bir qismi suvi XIII—XVI asrlar mobaynida, haqiqatan ham O‘zboy orqali oqqanligini aniqlashga muyassar bo‘ldi». Bartoldning o‘zi Amudaryoning XIII asrdan XVI asrgacha Kaspiy dengiziga quyilganiga shubha qilmas va tarixchining bu xulosasi geograflar, geologlar va paleontologlar orasida qizg‘in qullab-quvvatlanganidan juda mamnun edi. XIX asr boshlarida Bartol’d O‘rta va Sharqiy Osiyo bo‘yicha sobiq rus komiteti ishlarida ishtirok etadi va bu komitet orqali Turkistonda tarixiysharqshunoslik ishlarining jonlanishi va rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadi.
Mazkur komitet 1899-yilda Rim shahrida bo‘lib o‘tgan jahon sharqshunoslari XII kongressining qarori bilan tashkil topgandi. Qarorda, jumladan, bunday deyilgan: “O‘rta va Sharqiy Osiyoni o‘rganish uchun xalqaro uyushma tuzish va bu tashkilotning markaziy komiteti qilib Peterburgdagi rus komiteti belgilanishi maqsadga muvofiq.”
1902-yilda Gamburg shahrida ochilgan Sharqshunoslar XIII jahon kongressida uyushma nizomi qabul qilindi. Bu kongressda rus Sharqshunosligi faoliyati yuksak baholandi. O‘rta va Sharqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatlardan o‘rganish bo‘yicha rus komitetining faoliyati shu tariqa boshlanib, to 1919-yilgacha davom etdi. Bartold bu komitetning aktiv a`zolaridan va uning sekretarlaridan biri edi. U O‘rta Osiyoda arxeologik qidirish ishlarini amalga oshirish uchun komitetdan mablag‘ ajratish tashabbuskori bo‘lgan edi. Jumladan, uning taklifi bilan Afrosiyobda qazish ishlari olib borishga mablag‘ ajratiladi.
1904-yilda Bartoldning O‘rta Osiyoga uchinchi sayohati boshlanadi. Bu gal olim qadimgi shahar — Afrosiyobda qazishma ishlari olib borishni o‘z oldiga maqsad qilib quyadi. Bartold Samarqandga jo‘nash oldidan 16 martda u shahar to‘g‘risida bosma hamda qo‘lyozma manbalarda bayon etilgan jami ma’lumotlarni batafsil o‘rganish niyatida ekanligi to‘g‘risida yozgan edi. Bartold qazishma jarayonida Afrosiyobni sinchiklab o‘rganishga kirishib, uning topografik holatiga alohida e’tibor berdi. U, jumladan, Shahristonning (atrofi devor bilan o‘rab olingan shahar markaziy qismi) arab geograflari qo‘lyozma asarlarida ta’rif qilingan to‘rt darvozasi o‘rnini aniqlash hamda bu qadimiy shaharning suv bilan qay yusinda ta’minlanganligini o‘rganish uchun tegishli ma’lumotlar to‘plashga o‘rindi. Sinchiklab tekshirishlar natijasida shahar janub tomondan va qo‘lyozma manbalarda keltirilganidek, faqat vodoprovod orqali suv bilan ta’min etilib kelgani aniqlandi. Qadimiy Samarqandning suv ta’minoti to‘g‘risida Bartold maxsus maqola yozadi.
Bartoldning Afrosiyobda olib borgan arxeologik qazishmalarida nomi yuqorida tilga olib o‘tilgan samarqandlik arxeolog o‘lkashunos V. I.Vyatkin ham qatnashdi. Qazishma shaharning shimol tomonidagi bir necha joylarida olib borildi. Qazishma oxirida pishiq g‘ishtdan ishlangan qandaydir katta bir binoning qoldiqlari topildi. Biroq u binoning qanday maqsad uchun qurilganligini aniqlab bo‘lmadi.19 G‘ishtin devor qoldiqlarining ba’zi joylarida «ishid», «musayyob», «ishtixon» deb yo‘ritiluvchi kufaz harflarida tushirilgan yozuvlar bor. Bartold olib borgan qazishmalar Afrosiyobning X asrda o‘tgan arab geograflari aytib o‘tgan qadimiy Samarqand Shazfistoni joylashgan erga to‘g‘ri kelishini tasdiqladi. Bartold o‘zining arxeologik qazishma natijalari to‘g‘risida gapirib, bu shunchaki bir tajriba, ilk qadam ekanligini va qariyb 1500 yilcha davr so‘rgan, katta joyni egallagan Afrosiyobdek qadimiy shaharda madaniy qatlamni bo‘tunicha tekshirib bo‘lgunga qadar har yili o‘zluksiz olib boriladigan qazishmalargina haqiqiy va chinakam tadqiqot bo‘la olishini ta`kidlaydi.. Bartold juda katta mablag‘ talab etadigan bunday qazishmalar Afrosiyobda yaqin orada ruyobga chiqmasligini aytadi.
Shu bilan birga Bartoldning Afrosiyobda olib borgan qazishmalari unda shunday o‘zil-kesil ishonch hosil qildiqi, bunday ishlar bilan haqiqiy arxeologlargina shug‘ullanishi lozim. Bartold bu xususda o‘z-o‘zini tanqid qiladi va keyinchalik arxeologik qazishma ishlariga rahbar bo‘lishni o‘z zimmasiga olmaydi. Haqiqatan ham, arxeologik va muzey mashg‘ulotlari Bartold faoliyatida unchalik katta o‘rin to‘tmaganini ko‘ramiz. Biroq Bartoldning bu ishlarga nihoyatda qiziqish bilan qarashi, O‘rta Osiyoda arxeologik tadqiqotlarning va muzey ishlarining rivojlanishiga yordam berishga intilishi umrining oxirigacha so‘nmadi. Shu bilan birga Bartold mutaxassis-arxeolog, shuningdek, numizmatika, epigrafik degan nomga da`vo qilmagan xolda, ilgarigidek, bu sohalarda ham vaqti vaqti bilan qimmatli maqolalar yozib, fanda sezilarli iz qoldirdi. Bu narsa jumladan, Samarqand arxeologiyasiga ham oid edi. Bartold Samarqandning O‘rta Osiyo va ma`lum darajada Sharqdagi boshqa bir qancha mamlakat xalqlarining tarixiy taqdirlarida muhim rol o‘ynaganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Bartold usha vaqtdagi O‘rta Osiyo bo‘yicha arxeologik materialning qashshoqligi o‘lka qadimiy tarixining qashshoqligi natijasi emas, balki bu tarixiy o‘rganishning zaifligi natijasi ekanligini ilmiy bashorat qilib aytgan edi. 1896-yildayoq Bartold topilgan eng qadimiy tangachalarga va sopol haykalchalarga asoslanib Movarounnahrning Yunon-Baktriya podsholigiga kirganligi to‘g‘risida gapirar ekan, kelgusida bulardan ham qadimiyroq buyumlar topilishiga umid bildiradi. Darhaqiqat, arxeologlarning keng ko‘lamda va rejali ravishda olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasida O‘rta Osiyo hududida qadimgi tosh davriga (paleolit) oid talay buyum va yodgorliklar topildi. Shuningdek, Yunon-Baktriya podsholigidan ilgarigi zamonlarga oid bo‘lgan yodgorliklar ham topildi.20 Bartoldning arxeologik va numizmatikaga doir maxsus maqolalari qatorida tarixiy, tarixiy-filologik hamda manbashunoslikka oid asarlari ham O‘rta Osiyo arxeologiyasi, numizmatikasi va etnografiyasi uchun juda katta ahamiyatga molikdir. Shuning uchun ham o‘z faoliyatini O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar davriga oid qadimgi yodgorliklari, buyumlari va tanga-chaqalarini o‘rganishga bag‘ishlagan har qanday arxeologik yoki numizmat Bartoldning “Mo‘g‘ullar bosqini davrida Turkiston”, “Orol dengizi to‘g‘risida ma`lumotlar” «Turkistonning sug‘orilish tarixiga doir», «Marv, tarixiga doir» kabi asarlariga murojaat qilmasdan ishi bitmasligi tasodifiy emas, albatta. Bu asarlarda arxeolog va numizmatlarning izlanishlarini yengillatuvchi va moddiy madaniyat yodgorliklaridan yana ham chuqur va to‘la foydalanishlariga yordam beruvchi juda ko‘p umum tarixiy, tarixiy-topografik, fiolologik va boshqa ma`lumotlar bor. Bundan tashqari, Bartoldning «Yunon-Baktriya davlati va uning shimoli-sharq tomon yoyilishi», «Temurning dafn etilishi to‘g‘risida», «Turklar va mo‘g‘ullarning dafn marosimlari masalasiga doir» va shunga o‘xshash maqolalari to‘g‘risida ham ayni shu fikrni aytish mumkin.
Bartoldning arxeologik xarakterdagi bir qancha asarlarga, shu jumladan, chet el arxeologlarining O‘rta Osiyoga doir asarlariga bergan retsenziyalarini ham alohida ta`kidlab o‘tish lozim. Bartold bu retsenziyalarida doim vatan tadqiqotchilarining birinchililik huquqlarini himoya qilishga, ular asarlarini jahon fani mulkiga aylantirishga intilardi. U O‘rta Osiyoda ishlovchi chet ellik mutaxassislarning rus ilmiy adabiyotini inkor etishlari, uni bilmasliklari, O‘rta Osiyoning tarixiy o‘tmishiga doir materiallar bilan faqat og‘zaki tanishuvlari uchun ularni qattiq qoralardi. Bartoldning professor R. Pampelli boshchiligidagi Amerika tarixiy-arxeologik va geologik ilmiy ekspeditsiyasining (1903 y.) O‘rta Osiyo to‘g‘risida e`lon qilgan materiallariga bergan bahosi boyagi xildagi retsenziyalarning tipik namunasi edi. Bartold mazkur ekspeditsiya ishidagi ba`zi ijobiy tomonlarni ta`kidlash bilan birga, ekspeditsiya qatnashchilari orasida, ularning o‘z hisobotlariga qaraganda, O‘rta Osiyo tarixini biluvchi bironta kishi bo‘lmaganligi, umuman, bironta ham sharqshunos yo‘qligi, professor Pampellining o‘zi yozgan hisobotida O‘rta Osiyoning o‘tmishini ham, hozirgi ahvolini ham butunlay bilmaslik ko‘rinib to‘rganligini ko‘rsatib o‘tadi. Bartold o‘z retsenziyasida mazkur ekspeditsiya a`zolarining, aslida, O‘rta Osiyo tarixidan bexabar ekanliklari ochiq-oydin ko‘rinib to‘rganligini ustalik bilan ochib beradi. ekspeditsiyaning O‘rta Osiyoda arxeologik qazishmalarni yana davom ettirish niyati borligi sababli, Bartold «mamlakat tarixini bilmay turib, undagi tarixiy shaharlar o‘rnida olib boriladigan qazishmalar kutilgan natijalarni bermasligi» to‘g‘risida ularni ogohlantirdi.
Afrosiyobda, umuman, Samarqand atrofida, olib boriladigan keyingi qazishmalarga kelganda, bu ishlarni Bartold V. P. Vyatkin ixtiyoriga topshiradi. Lekin o‘zi ham ma`naviy, ham rus komiteti orqali moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan Vyatkin ishlarini muntazam va diqqat bilan ko‘zatib boradi. 1908—1909-yillardagi qazishmalar vaqtida asrimizning eng zur arxeologik kashfiyotlaridan biri bo‘lmish Ulug‘bek rasadxonasi xarobalari topiladi. 1906-yilda va undan keyingi o‘n yillar ichida Bartoldning O‘rta Osiyo tarixining ayrim masalalari bo‘yicha bir qancha muhim maqolalari bosilib chiqadi. Masalan, 1909 yilda bosilib chiqqan «XVII asr O‘zbekxonlari saroyidagi tantana marosimi» degan maqolasida O‘rta Osiyodagi keyingi feodal davlatlarining ma`muriy tuzilishiga doir qimmatli ma`lumotlar beriladi. Maqolada, shuningdek, Bartoldni doimo qiziqtirib kelgan mavzu, chunonchi, ko‘chmanchi fotihlarning o‘zlari bosib olgan madaniy viloyatlar aholisi ta`siriga sekin-asta bo‘ysunib borishlari, urug‘larga bo‘linish sekin-asta barham topib, urug‘chilik tuzumining o‘troq jamoachilik hayoti bilan almashina borishi mavzusi ko‘tarib chiqildi.21
XULOSA Xulosa qilib aytganda, Bartoldning g‘ayrat bilan qilgan ko‘magi natijasida Pomir ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. Shuningdek, sobiq ittifoq aholisining etnik tarkibini o‘rganuvchi akademik komissiya prezidiumining a`zosi va shu komissiyaning Turkiston bo‘limi raxbari ham edi. Bo‘lim faqat sovet Turkistoninggina emas, balki qo‘shni Eron va Afg‘oniston demografiyasini (xalqlarning soni, tarkibi va ko‘payish, kamayishini) o‘rganish bilan sho‘g‘ullanardi. V. V. Bartold, jumladan, yana katta O‘rta Osiyo ekspeditsiyasiga rahbarlik qiladi. Ekspeditsiyaning samarali faoliyati tufayli 1926-yilda sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining antropologiya va etnografiya muzeyiga O‘rta Osiyo aholisining hayoti va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan 200 dan ziyod etnografik eksponat to‘plandi. Bartoldning tashabbusi bilan turkman qabilalari tekshirilib, Turkmanistondagi mayda xalqlar (jamshidiylar, xazarlar, barbarlar, bulujlar) o‘rganib chiqildi.
Ikkinchidan, Bartold turkiy qabilalar va xalqlarning o‘tmishi va xozirgi ahvolini o‘rganish ishlarini kuchaytirish va birlashtirish maqsadida SSSR Fanlar akademiyasi sistemasida tashkil etilgan turkologiya kabinetiga 1928-yil 1 oktyabrdan boshlab direktor qilib tayinlanadi. Olim bu kabinet ixtiyoriga o‘zining shaxsiy kutubxonasidan 500 ga yaqin kitobni sovg‘a qiladi. Mazkur iliy muassasa 1930-yilgacha, ya`ni to sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining sharqshunoslik instituta tarkibiga qo‘shilguniga qadar mavjud bo‘lgan.
1930-yilda sovet sharqshunosligida muhim bir tashkiliy tadbir amalga oshirildi. Chunonchi, Osiyo muzeyi, Budda madaniyati instituti, Turkologiya kabineta va sharqshunoslar kollegiyasi bitta yagona yirik ilmiy tadqiqot muassasasi bo‘lmish sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining sharqshunoslik institutiga birlashtirildi. Bu yangi institut tarkibiga V. V. Bartold va unga zamondosh barcha yirik sharqshunoslar kiritildi.
Uchinchidan, Bundan tashqari, Bartold muzey hamda tarixiy san`at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish ishlari bo‘yicha O‘rta Osiyo davlat muassasalari (Samkomstaris, Turkkomstaris, Sredazkomstaris) bilan juda yaqin aloqada edi. Bu muassasalar Bartoldni o‘zlarining eng bilimdon ustozi va maslahatchisi deb bilishardi. O‘rta Osiyoda birinchi universitetning ochilishi uchun olib borilgan tayyorgarlik ishlarida, sovet Sharqi xalqlari yozuvida yangi turkcha alifbeni yaratishda Bartold aktiv ishtirok etadi.
To‘rtinchidan, Bartold O‘rta Osiyoga so‘nggi bor 1928-yilda keladi. Bu safar u mahalliy ilmiy o‘lkashunoslik muassasalari va tashkilotlarini qayta tuzish, ularning ish planlarini muhokama qilish va qadimgi yodgorliklarni o‘rganish hamda ularni tiklash ishlariga doir masalalarni xal etishda aktiv qatnashdi. Bartold sobiq ittifoq sharqshunosligining munosib vakili sifatida xorijiy mamlakatlarda bo‘lgan ilmiy anjumanlarda bir necha bor qatnashdi. Masalan, 1922-yilda u Angliyada London universitetining iltimosiga binoan O‘rta Osiyodagi kuchmanchi-turkiy xalqlar va mug‘ullar tarixi to‘g‘risida olti marta leksiya o‘qidi. 1923-yil 27-martda Antropologiya institutida ana shu leksiyalarning qisqa (umumlashgan) bayonini so‘zlab berdi. Shu yili aprel oyida SSSR Fanlar akademiyasining delegata sifatida tarix fanlari arboblarining Bryussel shahrida chaqirilgan xalqaro sezdida qatnashdi. Sezdning Sharq tarixi seksiyasida o‘zining 1922-yilda Sankt-Peteburgda bosilib chiqqan asari (dastlabki musulmon masjidlari) yuzasidan maruza qildi. Finlyandiyada (1923) Bartold Finugor jamiyati majlisida rus olimlarining Turkiston tarixi to‘g‘risidagi asarlari obzorini bayon qildi. 1926-yilda esa Turkiyada bo‘lib, Istambul shahrida O‘rta Osiyodagi turkiy xalqlar tarixidan leksiya o‘qidi. Bu leksiyalar turk va nemis tillarida ham bosilib chiqdi.
Beshinchidan, Bartold O‘rta Osiyoning ulug shoiri va o‘rta asr mutafakkiri Alisher Navoiyga bag‘ishlab monografiya ham yaratdi. Bu asar, o‘z navbatida, Ulugbek haqidagi tadqiqotning davomi bo‘lib, sovet navoiyshunosligida muhim manba hisoblanadi. Bartoldning jahon adabiyotida yuksak baholagan va keng tanilgan bu asari ustida mufassal gapirib o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak. Dastlabki asl manbalar asosida yaratilgan bu asarda o‘z zamonasining yirik siyosiy arbobi bo‘lmish Navoiyning ilmiy biografiyasi juda aniq va turli xil ifoda etilgan. Bu asar yana shuning uchun ham qimmatliki, Navoiy biografiyasi Sulton Husayn Boyqaro davlati hayotining keng qamrovda bayon qilingan.
Oltinchidan, Bartold O‘rta Osiyo tarixiga doir yana bir qator ilmiy maqolalar ham yozdi. «Sug‘d va toxar tillari masalasiga doir», «Buxoro va uning atrofidagi qadamjolar», «Turk va mug‘ullarning dafn marosimlari masalasiga doir» (1921), «Samarqand yodgorliklari to‘g‘risida yangi ma`lumotlar» (1921), «Kubas minorasi tarixiga ma`lum bo‘lgan musulmon-fors me`morchiligining birinchi yodgorligidir» (1922), «O‘rta Osiyoda ruslar kelguniga qadar bo‘lgan davrdagi paxtachilik», «1924 yil yozida Samarqandda olib borilgan arxeologik ishlar to‘g‘risida» (1925) kabi maqolalari shular jumlasidandir.
Bartold asarlari ko‘p hollarda o‘zidan keyingi avlod olimlarining yangi, qo‘shimcha tadqiqotlarida dastlabki marra bo‘lib qoladi, ularga ishonchli ilmiy mo‘ljal beradi. Bizning zamonimiz tadqiqotchilari Bartold asarlaridagi u yoki bu qoidalarga qushilmagan chog‘larida ham, bu qadar ilmiy munozaralarga sabab bo‘lganida ham, Bartold asarlarining qimmati yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Chunki mazkur hollarda bu o‘lkan ilmiy meros ilmiy tafakkurni olg‘a siljitishga, uni uyg‘otishga, unga jonli, ijodiy xarakter, tinimsiz izlanish va kashfiyotchilik xarakteri baxsh etishga yordam beradi.