To’g‘ridan- to’g‘ri yurak va qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar. Bu moddalar quyidagicha bo‘linadi;
Yurak faoliyati o‘zgarganda qo‘llanadigan moddalar
Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Yurak glikozidlari. Glikozidlar yurak –qon tomir etishmovchiligini davolashda eng asosiy va keng qo‘llaniladigan moddalar hisoblanadi. Yurak glikozidlari o‘simliklardan olinadigan, yurakka tanlab ta’sir ko‘rsatadigan murakkab organik moddalar.
Kimyoviy tizimi jihatdan yurak glikozidlari bir-biriga yaqin ikki qismdan qandsiz – aglikon va qandli – glikondan iborat.
Aglikon glikozidlarni asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi qismi hisoblanadi. Umuman, yurak glikozidlarga organizmda hosil bo‘ladigan steroid Garmonlar, xolesterin, kislotalarga o‘xshab ketadi.
Yurak glikozidlari qitiqlovchi ta’sir xususiyatga ega. Yurakga ta’siri spetsifik va o‘ziga xosdir. Yurak etishmovchiligidan glikozidlar yurakni qisqarish kuchini, daqiqali hajmini oshiradi, qisqarish kuchli, tez bo‘ladi. Yurak muskullari quzg‘aluvchanligi va impulslar o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi, aritmiya yo‘qoladi, qon aylanish tiklanadi.
Organizmda venalarda qon turib qolishi yo‘qoladi, to‘plangan suyuqliklar so‘riladi shishlar yo‘qoladi. Qon bosimi deyarli o‘zgarmaydi, organlarni kislorod bilan ta’minlash kuchayadi. Yurak glikozidlari moddalar faoliyatini takomillashtiradi. Glikozidlar siydik ajralishini ko‘chaytiradi, suyuqliklarni organizmdan chiqishini oshiradi.
Yurak glikozidlari saqlovchi o‘simliklar: angishvonagul, adonis o‘ti, marvaridgul, strofantin, oleandr, kendir, landish o‘ti, goritsvet o‘ti.
Angishvonagul barglari – Folium Digitalis - Bu ikki yillik o‘tsimon o‘simlik. O‘simlik barglarida glikozidlar, saponinlar, kaliy tuzlari va ballastik moddalar saqlaydi. Lekin asosiy ta’sir etuvchi moddalari - bu glikozidlardir.
Glikozidlar ichaklar orqali so‘rilgach, yurak – tomir sistemasiga, markaziy nerv sistemasining ayrim qismlariga va qisman ichaklarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Glikozidlar ta’sirida yurak muskullarini qisqaruvchanlik xususiyati oshadi, bo‘lmachalar va qorinchalar qon bilan tez to‘ladi va qondan to‘liq ozod bo‘ladi, yurak muskullarida modda almanishuvi tezlashadi.
Glikozidlar qon tomirlariga ham ta’sir ko‘rsatadi, ichki organ qon – tomirlar qisqarib, miya, bo‘yrak va teri tomirlari kengayadi.
Angishvonagul kuchli diuretik modda hisoblanadi, modda almashinuvini yahshilaydi.
Dozasi: qoramol 5-8,0 ot 3-5,0 qo‘y 0,5-2 cho‘chqa 0,5-0,2 it 0,06-0,01
Hayvonlar kukun, bolyus yoki damlama shaklida yurak faoliyatini barcha buzilishlarida qo‘llaniladi.
Xuddi shunday ta’sirga ega: adinis o‘ti, landish, strafantin, adonizid va h.k.