8.Chiktonik.Tarkibi:
Vitamin A- 2500 000 XB, D3-500 000 XB, B1-3,5 g, B2-4 g, B6-2 g, B4-400 mg, B12-10 mg, K 3-250 mg, 21 xil aminokislotalar.
Chiktonik komleks preparat, vitamin va aminokislotalar tashkil topgan preparat bo‘lib, qoramol qo‘y, echki, cho‘chqa va parrandalarni quyidagi kasalliklarida qo‘llash tavsiya etiladi:
- qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar vitaminlar va aminokislotalar etishmovchiligini davolash va oldini olishda.
- hayvonlarni stress holatlarini oldini olishda.
- hayvonlarni mahsuldorligini oshirishda va ozuqani hazm qilishni yaxshilashda.
Dozasi. Og‘iz orqali.
Qoramol, ot 1g 20 kg tirik og‘irligiga 3 – 5 kun davomida
Buzoq, qo’zi, toy 1g 10 kg tirik og‘irligiga
Cho‘chqa, parranda 1 kg 1000 l ichiladigan suvga aralashtirib 3-5 kun davomida beriladi.
9.Premikslar. Tarkibi: Vitaminlar+mineral moddalar+ aminokislotalar.
Premikslar qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarni avitaminozlar, mineral moddalar etishmovchiligi va aminokislotalar etishmovchiligi kasalliklarini davolash yoki oldini olish, hayvonlarni mahsuldorligini oshirish bilan birga ularni boshqa vositalar bilan ko‘pchilik yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni davolashda ham qo‘llaniladi.
Dozasi: og‘iz orqali.
Premikislar hamma hayvonlarga 1 kg 1 tonna yemga aralashtirilib 3-5 kun davomida beriladi.
Jo‘jalarga 1,5-3 kg 1000 kg emga aralashtirilib beriladi.
Tovuqlarga 1,5-2 kg 1000 kg emga aralashtirib beriladi.
12-Mavzu: Immunostimulyatorlar, fermentlar va garmonlar. Reja: 1.To‘qima preparatlari.
2. Aminokislotalar.
3. Bakterial preparatlar va zardoblar.
4. Fermentlar.
5. Garmonlar haqida ma’lumot.
6. Gipofiz va oshqozon osti bezining garmonlari.
7. Buyrak usti va qalqonsimon bezining garmonlari.
8. Jinsiy garmonlar.