Tayanch tushunchalar: ► Ferment preparatlari to‘g‘risida tushuncha. ► Farmakologiyada immunostimulyator xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar to‘g‘risida tushuncha. ► Chorvachilikda hayvonlarni taloq, jigar, muskullar, tuxumdon, qon, oshqozon osti bezi va boshqa organlaridan foydalanib to‘qima preparatlari tayyorlanadi. ► Farmakologiyada Garmonlarning olinishi to‘g‘risida tushuncha:
Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar: 1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
To‘qima preparatlari. Bu preparatlar amaliyotga 1933 yilda akademik Filatov tomonidan kiritilgan. Filotov fikricha, organizmdan ajratilgan hayvon to‘qimalari birdan o‘lmaydi, ularda modda almashinuv davom etadi. Bu holat to‘qima qanday sharoitda ekanligiga qarab, to‘llig‘icha davom etadi. Noxush faktorlar ta’sirida to‘qimalar juda aktiv biologik moddalarni ishlab chiqaradi. Bu moddalarni Filativ qarshilik moddalari yoki biogen stimulyatorlar deb atadi. Shu yo‘l bilan olingan to‘qima preparatlari metabolizmni kuchaytiradi, yaxshilaydi, MNS ni boshqaruv ta’siri buzilgan bo‘lsa uni tiklaydi, organizmni chidamligini oshiradi va funksiyalarini stimullaydi.
Preparatlar to‘qimalarni o‘zidan yoki ekstraktlaridan tayyorlanadi. Chorvachilikda hayvonlarni taloq, jigar, muskullar, tuxumdon, qon, oshqozon osti bezi va boshqa organlar qo‘llaniladi.
Ta’siri. To‘qima preparatlari u yoki bu darajada organizm funkyiyalarini aktivlashtiradi, ayniqsa, MNS, vegetativ innervatsiya, ferment, garmon va sekretor holatlarni immunobiologik holatlarni, qon hosil bo‘lishi va h.k.
Bu preparatlar sog‘lom hayvonlardagi fiziologik jarayonlarni sezilarli aktivlashtiradi, noxush faktorlarga chidamlilikni oshiradi, kasalliklarda esa organizmni normal fiziologik holatga qaytaradi.
Hozir bu preparatlardan Filotov uslubi bo‘yicha tayyorlangan agar to‘qima preparati qo‘llanilmoqda. Hayvonlarga teri ostiga va og‘iz orqali qo‘llaniladi.
Rus olimi tushnov tomonidan yaratilgan lizatlar ham keng qo‘llanilmoqda.
Lizatlar – hayvonlarni turli organ va to‘qimalaridan maxsus usul bilan olingan preparatlar.
Lizatlar – umumiy stimullovchi ta’sirga ega bo‘lib, organlar fiziologik funksiyalarini sezilarli kuchaytiradi.
Amaliyotda qo‘yidagi lizatlar qo‘llanilmoqda.