Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə63/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Suvda eruvchilar:

1.Tiamin bromid (Vit. B1)-Thiamini bromidum
2. Riboflavin (Vit.B2)-Riboflavinum
3.Nikotinat kislota (Vit. B3)-Acidum nicotinatum
4.Xolin-xlorid (Vit.B4)-Chloini chloridum
5.Pantenat (Vit.B5)-Acidum pantenatum
6.Piridoksin (Vit B6)-Pyridoxinum
7.Foliy kislota (Vit.B9)-Acidum folicum
8.Sianokobolamin (Vit.B12)-Cyanocobolamin
9.Kalsiy pangamat (Vit.B15)-Calcii pangomas
10.Askorbin kislota (Vit.C)-Acidum askorbinum
11. Rutin (Vit. R)-Rutinum

  1. Yog‘da eriydigan:

1.Retinol (Vit.A)-Retinolum
2. Ergokalsiferol (Vit. D2)-Ergocalciferolum
3.Xolikalsiferol (Vit.D3)-Cholecalciferolum
4.Tokoferol (Vit.E)-Tocopherolum
5.Vikasol (Vit.K)-Vicasolum
6. Linetol (Vit.G‘)-Linetolum
1. Tiamin bromid (B1)oq kristall kukun, suvda yaxshi eriydi.
Vitamin B1 - o‘simlik va hayvon mahsulotlarida: bug‘doy, shoxli no’xat, jigar, go‘sht, tuxum tarkibida ko‘p. Kavshovchi hayvonlar oshqozon mikroflorasi ham ishlab chiqadi.
Ichaklarda so‘rilgan fosfat birikmalariga – kokarbaksilazaga aylanadi.
Ta’siri: Vitamin B1 uglevod, oqsil, yog‘ va suv almashinuviga ta’sir etib, qonda qand miqdorini kamaytiradi, insulin faolligi ATF hosil bo‘lishini orttiradi, yurak, skelet musqo‘llari nerv to‘qimalariga quvvat beradi.
B1 yetishmovchiligida organizmda uglevod almashinuvi izdan chiqadi sut va pirouzum kislota to‘planadi, glyukoza to‘liq parchalanmaydi austilxolin sintezi to‘xtaydi. Natijada markaziy va periferik nerv sistemasini funksiyasi buziladi, yurak, hazm sistemasi ishi o‘zgaradi, organizm rezistentligi susayadi.
Qo‘llash: B1 gipo va avitaminozda, polinevritda oshqozon ichak atoniyasida hayvonlar o‘sishini tezlatish uchun ayniqsa tovuqlarda.
Hayvonlarga og‘iz orqali teri ostiga, musqulga qo‘llaniladi.
2. Riboflavin (B2) – sariq krisstal kukun bo‘lib, sut mahsulotlarida, jigar, tuxum, boshoqlilarda ko‘p bo‘ladi.
Ta’siri: Qonga so‘rilgan oqsil bilan birikib, fermentlar tarkibiga kiradi va oqsidlanish – qaytarilish jarayonlari boshqarib, uglevod oqsil yog‘ almashinuvida qatnashadi. Ko‘z faoliyatini yaxshilashda, gemoglobin hosil bo‘lishida ahamiyati katta. B2 vtishmasa hayvonlar o‘smaydi teri kasallanadi, ko‘z shikastlanadi, yurak ishi buziladi, mahsuldorlik pasayadi (tovuq).
Qo‘llash: B2 gipo va avitaminozda, tovuqlar o‘sishi va mahsulotini oshirish, ko‘z va teri kasalliklarida.
3. Pirodoksin (B6) – oq kukun, jigar, miya, buyrak, dukkaklarda ko‘p, ichak mikroflorasida ham hosil bo‘ladi. Vitamin B6 aminokislotalar, fermentlar, gemoglobin hosil bo‘lishida ta’sir etadi. Zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Vitamin B6 yetishmovchiligida oqsil almashinuvi buziladi, dermatit, anemiya rivojlanadi.
Qo‘llash: B6 gipo va aminozda dermatit va anemiya musqo‘l orasiga teri ostiga, og‘iz orqali yuboriladi.
4. Sianokobalamin (B12) – to‘q qizil kukun. Mol jigari juda boy hayvonlar oshqozon-ichak mikroflorasi sintezi qiladi va qonga so‘riladi. Tarkibida kobalt mavjud.
Ta’siri: B12 – o‘sish vitamini hisoblanadi. Oqsil, nuklein kislotalar hosil bo‘lishida qatnashadi, eritrotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi, markaziy va vegetativ nerv sistemasini yaxshilaydi moddalar almashinuvini kuchayadi.
B12 yetishmasa anemiya kelib chiqadi, qon, hazm va nerv sistemasi shikastlanadi.
Qo‘llash: B12 – gipo va avitaminozda, yosh hayvonlarda o‘sishini tezlatish uchun, ular yuqumli kasaalliklarga chidamligini oshirish uchun, jigar hazm sistemasi kasalliklarida, nefritlarda, muskul orasiga, teri ostiga qo‘llaniladi.
5. Askorbin kislota (Vit.C) – oq kukun, karam, ko‘k piyoz, limon, apelsin, namatak mevalarida mavjud.
Hayvonlar organizmida uglevodlardan sintezlanadi.
Ta’siri: Vitamin C organizmda oksilanish-tiklanish jarayonlarida qatnashadi, uglevodlar almashinuvini boshqaradi, oqsillar, garmonlar hosil bo‘lishida qatnashadi. Antitoksik va yallig‘lanishlarga qarshi ta’sir etadi, tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Vitamin C yetishmasa – singa kasalligi paydo bo‘ladi, tomirlar yoriladi. Tishlar qimirlab qoladi, anemiya rezistentligi pasayishi qo‘zatiladi.
Qo‘llash: Vitamin C yetishmasligida, singa kasalligida, qon ketishlarda intoksikatsiyalarda teri va shilliq pardalar kasalliklarida, yosh hayvonlar o‘sishini tezlatish va rezistentligini oshirish uchun. Hayvonlarga og‘iz orqali, vena tomirlariga yuboriladi.
6. Retinol (VITA) – sariq yog‘, jigar, tuxum sarig‘i, baliq sutda ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarda – karotin holida uchrab organizmda vitamin A aylanadi. Karotin sabzi ko‘k piyoz shavil, ko‘k beda, silos ko‘p bo‘ladi.
Ta’siri: Vitamin A organizmda oksidlanish-tiklanish jarayonlarida epiteliyni o‘sishida qatnashadi, nerv sistemasi ishini yaxshilaydi, ko‘rish pigmenti rodopsinni hosil bo‘lishida qatnashadi, hayvonlarni jinsiy faoliyatiga ta’sir etadi, homilani ona rivojlanishiga yordam beradi.
Vitamin A etishmasa teri va shilliq pardalar shikastlanishi, yaralar tuzalishi qiyinlashishi, hazm sistemasi faoliyati buzilishi qo‘zatiladi qorong‘ida ko‘rish buziladi, hayvonlar o‘sishdan qoladi.
Qo‘llash: Vitamin A etishmovchiligida, yosh hayvonlarni o‘sishi va rivojlanishi tezlatishda, yuqumli kasalliklarda teri va siydik ayiruv kasalliklarida teri ostiga, musqo‘l orasiga og‘iz orqali qo‘llaniladi.
7. Vitamin D (kalsiferol) – bu raxitga qarshi vitamin veterinariyada amaliy ahamiyatga ega D2 – erkokatsiferol va D3 – xolekalsiferol D3-D2 – ultrabinafsha nurlari ta’sirida hosil bo‘ladi.
Ta’siri: Organizmda Ca, P va mikroelementlarni to‘planishi va so‘rilishini ta’sirlaydi,suyak to‘qimasi rivojlanishiga ta’sir etadi. Vitamin D etishmasa yosh hayvonlarda raxit, katta hayvonlarda osteomelyasiya (suyak bo‘shashi) paydo bo‘ladi, hayvonlar o‘smaydi, teridagi yaralar tez tuzalmaydi.
Qo‘llash: Raxit va osteomalyasiya kasalliklarida suyak kasalliklarida, teri kasalliklarida yosh hayvonlar o‘sishini tezlatishda, albatta Sa va R preparatlari birga qo‘llaniladi.
Hozir veterinariya amaliyotida vitamin A va D etishmovchiligida turli xil polivitaminlar: trivit, tetravit, baliq moyi qo‘llanilmoqda.
Trivit A1 D3 va E vitaimnlar moyli eritmasi 1ml da Vitamin A 30000 XB, D3 – 40000XB, E – 20mg. 100ml flakonda bir yil muddat bilan chiqariladi. Hayvonlarga musqo‘lga yuboriladi.
Tetravit A,D,E va R vitaminlar moyidagi eritmalari in’eksiya uchun 1ml da A-50000 XB, D2 – 2500, E – 20 ml, R – 5 mg saqlaydi. 100 ml flakonda 1yil muddat bilan chiqariladi.
8. Tokoferol (Vit E) – sariq rangldi yog‘da eriydi go‘sht, sut, tuxum, eryong‘oq, juxorida ko‘p bo‘ladi.
Vitamin E boshqa jinsiy ko‘payish vitaminli deb ataladi. Homiladorlikni, spermatogenez rivojlanishida, hayvonlar bepushtligini oldini olishda ahamiyati katta.
9. Vikasol (Vitamin 12). Antigemorragik vitamin, beda, sabzi, krapiva ko‘p bo‘ladi.
Qonda trombin hosil bo‘lishiga ta’sir etib, qonning ivishini tezlatadi hamda yaralar tuzalishini tezlatadi.
Qon to‘xtatuvchi dori sifatida – vikasol holida oshqozon – ichak o‘pka, bachadon va h.k. larda qon ketishida qo‘llaniladi. Muskul orasiga yuboriladi.
10.Vitamin F-tarkibi 3 ta kislotadan: linol, linolen, araxidon kislotalardan tashkil topgan va F vitamin deb ataladi. U yog‘ almashinuvida qatnashadi, ayniqsa teridagi yog‘larni o‘zlashtirish jarayonida, xolesterinni eriydigan shaklga o‘tkazib, organizmdan chiqishini tezlashtiradi va suvda eruvchi vitaminlarni almashinuviga ta’sir etadi.
Vitamin F - Kungaboqar, paxta, kunjut moylari, cho‘chqa yog‘i tarkibida bo‘ladi.
Vitamin F - dermatitlarni davolash va oldini olishda, radiaktiv nurlardan himoya qilishda, yog‘ almashinuvini aktivlashda qo‘llaniladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin