Oshqozon natural shirasi – ot yoki itlar oshqozon bezidan fistula bilan olinadi, rangsiz suyuqlik, 05% xlorid kislota va oshqozon shirasi hamma fermentlari saqlaydi.
U oshqozon shirasi aktivligini oshiradi, o‘t va oshqozon osti bezi sekretsiyasini stimullaydi, antiseptik va achishga qarshi ta’sir etadi.
Garmonlar Garmonlar deb - ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga aytiladi.
“Garmon” so‘zi grekcha qo‘zg‘ataman, uyg‘otaman ma’noni bildirib, fanga 1905 yilda Beylis va Sterling degan olimlar tomonidan kiritilgan.
Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq turli xil Garmon va Garmonal xususiyatga ega bo‘lgan moddalar aniqlangan bo‘lib bu moddalarning tirik organizmlarga ko‘rsatadigan biologik ta’siri juda kichik konsentratsiyada ham amalga oshishi va ular ta’siri doimo markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi hamda ularning spetsifik xususiyatili ekanliklari aniqlanib berilgan.
Garmonlar olinishiga qarab farmakologiyada 4 guruhga bo‘linadi: 1. Ekstrakt preparatlar – hayvonlar endokrin bezlaridan ajratib olinadigan Garmonl preparatlar (adrenalin, insulin, estron).
2. Sintetik preparatlar – kimiyoviy yo‘l bilan olinadigan Garmonal preparatlar, tarkibi bo‘yicha tabiiy Garmonlarga mos keladi.
3. O‘simlik preparatlar – Garmonal ta’siriga ega bo‘lgan o‘simliklardan olinadigan preparatlar.
4. Tabiiy Garmonlarga mos bo‘lgan sintetik preparatlar-lekin Garmonal ta’sir xususiyatiga ega.
Hayvonlar organizmida Garmonlar ba’zi bir fiziologik jarayonlarga maxsus ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ular moddalar almashinuvini turlariga, jinsiy bezlarni rivojiga, muskullar tonusi va rivojiga va hokazolar. Buning natijasida organizmni muhim hayotiy jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, masalan, organizmni immunibiologik reaktivligi va immunogenezi, qonni bakteriotsidligi va oqsil tarkibida, jinsiy bezlar funksiyasi va hokazolarda.
Hayvonlar organizmida Garmonal ba’zi bir fiziologik jarayonlarga maxsus ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ular moddalar almashinuvini himoya turlariga, jinsiy bezlarni rivojiga, muskullar tonusi va rivojiga va hokazolar. Buning natijasida organizmni muhim hayotiy jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, masalan, organizmni immunibiologik reaktivligi va immunogenezida qonni bakteriotsizligi va oqsil tarkibi, jinsiy bezlar funksiyasi va hokazo.
Organizmda u yoki bu Garmonni etishmovchiligi ko‘payib organlarni funksiyasini buzilishiga va og‘ir kasalliklarga olib keladi.
Garmonlar ishlab chiqarilgan endokrin sekretsiya bezlariga quyidagilar:
1. Gipofiz – AKTG, oksitotsin, o‘sish Garmoni
2. Oshqozon osti bezi – insulin
3. Qalqonsimon bez – tiroksin
4. Buyrak usti bezi – adrenalin
5. Jinsiy bezlar – estrogenlar, androgenlar
Organizmda u yoki bu Garmonni etishmovchiligi ko‘payib organlarni funksiyasini buzilishiga va og‘ir kasalliklarga olib keladi.