Sut kislota – siropga o‘xshash sariq suyuqlik, suvga aralashadi.
Sut kislota – siropga o‘xshash sariq suyuqlik, suvga aralashadi.
Ta’siri. Og‘iz orqali qo‘llanilganda antimikrob va achishga qarshi ta’sir etadi, oshqozon sfinktrlari spazmini bo‘shatadi va gaz chiqishiga yordam beradi. Tashqi tomonga qo‘llaganda dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi. Otlarni oshqozoni o‘tkir kengayishida, kavshovchilar oshqozonida gaz to‘planganda 2% li eritma holida qo‘llaniladi.
Ishqorlar gidroksil anion ( ON ) saqlaydi, asosiy ta’sir unga bog‘liq. Ishqorlar ichida gidrooksidlar aktiv bo‘lib, terini kuydiruvchi va antimikrob ta’sirga ega, karbanotlar esa kuchsiz antimikrob va qitiqlovchi ta’sirga, gidrokarbanatlar esa yallig‘lanishlarga qarshi va qisman antimikrob ta’sirga ega.
Ishqorlar tashqi tomonga qo‘llanganda terini yog‘lar va iflosliklardan tozalaydi. Teri epiteliysini yumshatadi, ichirilganda esa kislotalarni neytrallaydi, oshqozon va ichaklarda ozuqani harakatini tezlashtiradi, o‘pka orqali chiqib, balg‘am ko‘chiruvchi sifatida ta’sir etadi.
Bo‘yoqlar
Bo‘yoqlar
Bo‘yoqlar ham farmakologik aktiv moddalar bo‘lib, veterinariyada antiprotozoy, antimikrob va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Agar kasallik boshlanishida preparatlar qo‘llanilsa, davolash samarasi yuqori bo‘ladi.
1.Azidin – sariq rangli, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi.
Doza: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg.
Asosiy adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,