Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari 1-kurs 114-guruh talabasi hayvonlar anato‘miyasi fanidan prezintatsiyasi kenjayev fozilbek



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə5/13
tarix01.01.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#50265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
FAZILBEK KENJAYEV

Ko‘krak qafasithorax. Ko‘krak qafasi ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyaklarining o‘zaro birlashuvidan hosil bo‘lib, unda organizmning yashashi uchun eng muhim organlar joylashadi. Ko‘krak qafasining oldingi tomonida kirish teshigi – apertura thoracis cranialis, orqa tomonida chiqish teshigi – apertura thoracis caudalis bo‘ladi. Ko‘krak qafasining chiqish teshigi diafragma bilan yopishib turadi.

Bel umurtqalarivertebrae lumbales. Bu bo‘lim umurtqalari ham ko‘krak umurtqalariga o‘xshash bo‘lib, ularda uzun, yassi, lentasimon ko‘ndalang qovurg‘asimon o‘simtalari borligi bilan farqlanadi hamda bo‘g‘im o‘simtalari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bel umurtqalarining soni har xil hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, qoramolda – 6 ta, qo‘ylarda – 7 ta, otda – 6 ta, cho‘chqada – 6-8 ta, itda –7 ta. Bel umurtqalarining tanasi uzun, boshi va chuqurchasi tekis, yon teshigi keng, so‘rg‘ichsimon o‘simtasi yaxshi rivojlangan, elka o‘simtasi bir tekisda o‘sgan bo‘ladi.

  • Bel umurtqalarivertebrae lumbales. Bu bo‘lim umurtqalari ham ko‘krak umurtqalariga o‘xshash bo‘lib, ularda uzun, yassi, lentasimon ko‘ndalang qovurg‘asimon o‘simtalari borligi bilan farqlanadi hamda bo‘g‘im o‘simtalari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bel umurtqalarining soni har xil hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, qoramolda – 6 ta, qo‘ylarda – 7 ta, otda – 6 ta, cho‘chqada – 6-8 ta, itda –7 ta. Bel umurtqalarining tanasi uzun, boshi va chuqurchasi tekis, yon teshigi keng, so‘rg‘ichsimon o‘simtasi yaxshi rivojlangan, elka o‘simtasi bir tekisda o‘sgan bo‘ladi.
  • Dumg‘aza umurtqalari yoki dumg‘aza suyagivertebrae sacralis. –s. os sacrum. Dumg‘aza umurtqalari har xil hayvonlarda turli sonda, masalan, qoramolda – 5 ta, qo‘yda – 4 ta, cho‘chqada – 4 ta, otda – 5 ta, itda – 3 ta bo‘ladi. Hamma dumg‘aza umurtqalari birlashib bitta dumg‘aza suyagi – os sacrum ni hosil qiladi. Dumg‘aza suyagining elka o‘simtalari – processus spinosus dumg‘aza tarog‘i – crista sacralis ni hosil qiladi, yoylararo teshik bo‘lmaydi. Umurtqaaro kesigi 4 juft dorsal dumg‘aza teshigi – foramina sacralia dorsalia ni hosil qiladi. Bu teshiklardan qon tomirlari va nervlar o‘tadi. Ko‘ndalang qovurg‘asimon o‘simtalari uchli yon qismi – partes laterales ni hosil qiladi. Birinchi ikkita ko‘ndalang o‘simtalar to‘rtburchak shakldagi dumg‘aza qanoti – alae ossis sacri ni hosil qiladi. Dumg‘aza qanotida tos suyagi bilan birlashishi uchun quloqsimon bo‘g‘im maydonchasi – facies auricularis bo‘ladi.
  • Dum umurtqalarivertebrae coccygeae, s. caudae. Dum umurtqalarining soni turli hayvonlarda katta farq qiladi. Ular qoramolda – 18-20, cho‘chqada – 20- 25, otda – 18-20, itda – 20-23, qo‘yda – 16 (18) -24 tagacha bo‘ladi. Qo‘ylar dum umurtqalarining soniga qarab dumsiz, kalta dumli, uzun dumliga bo‘linadi. Dum umurtqalarining soni 6-7 ta bo‘lsa dumsiz, 16 tagacha bo‘lsa kalta dumli, 16 tadan ko‘p bo‘lsa uzun dumli deyiladi. Dum umurtqalarini qoramol misolida tuzilishini o‘rganadigan bo‘lsak, ularda kranial bo‘g‘im o‘simtalari faqat dastlabki 5-6-umurtqalarda yaxshi rivojlangan, ko‘ndalang o‘simtalari keng,. 8-10-umurtqalarda bu o‘simta bo‘lmaydi, 2-13-umurtqaning ventral tomonida yaxshi rivojlangan gemal yoyi – arcus haemalis bo‘lib, undan dum arteriyasi o‘tadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin