2-mavzu. Hayvonlarni fiksatsiya qilish
Fiksatsiya – fransuzcha fixation, lotincha fuxus so‘zlari ma’lum
narsani aniq va qat’iy ushlab turish ma’nosini bildiradi. Veterina-
riya amaliyotida jarrohlik operatsiyalari va boshqa davolash ish-
larini bajarishda qulayliklar tug‘dirish uchun hayvonni kerakli
muayyan holatga keltirib ushlab turish, operatsiya o‘tkaziladigan
joyga kirish uchun qulay yo‘l ochish va operatsiya o‘tkazish
18
davomida hayvonning xalaqit bermasligi uchun uning harakatini
cheklash maqsadida qo‘llaniladi. Operatsiya o‘tkazishda hayvon
fiksatsiya qilinmasa o‘zini shikastlashi, jarroh va yordamchilar
hayotiga xavf solishi mumkin.
Asabi zaif va kuchsiz bo‘lgan hayvonlarni fiksatsiya qilish
davrida kuch ishlatish hayvonning umumiy holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, bu esa operatsiyani muvaffaqqiyatli o‘tkazishga salbiy
ta’sir qiladi. Shu tufayli fiksatsiyani boshlashdan oldin hayvonlarga
tinchlantiruvchi va uxlatadigan farmokologik dori vositalari
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hayvonlar turiga qarab fiksatsiya o‘tkazish usullari juda ko‘p va
xilma-xildir. Bularni to‘g‘ri tanlash operatsiyaning yaxshi o‘tishini
ta’minlaydi. Har bir o‘tkaziladigan operatsiya o‘zining xususiyati,
og‘riqsizlantirish usuli, hayvonning yoshi, jinsi, mijozi, kuchi va
uning xulqiga bog‘liq bo‘ladi. Ot va qoramollarda o‘tkaziladigan
ko‘pchilik operatsiyalarda agar mahalliy yoki umumiy og‘riqsiz-
lantirish ijobiy bo‘lsa, operatsiyani hayvon tik turgan holatida o‘t-
kazish mumkin (ularni yiqitish shart emas). Kichik hayvonlarda
esa, aksincha, operatsiyalar doimiy ravishda ularni yotqizilgan ho-
latida o‘tkaziladi.
Jarrohlik stollari. Veterinariya amaliyotida yirik hayvonlarni
fiksatsiya qilish uchun, albatta, dastgoh (stanok) zarur. Hozirda
Kitayev va Vinogradovlarning qismlarga ajraladigan va turlicha
o‘zgaradigan dastgohlari keng qo‘llanilmoqda. Ular qulay va
oddiy, parallel bruslar tipidan, lekin Vinogradov dastgohi universal
hisoblanadi.
Jarrohlik stollarining bir necha turlari mavjud. I. Shemaytis va
A. Yurevigus stoli ham keng tarqalgan. Uning poydevori metalldan
yasalgan bo‘lib, elektromotor va harakatchan qopqoq bilan jihoz-
langan, bu stolni gorizontal va vertikal vaziyatlarga keltirish mumkin.
Sapojnikovning operatsiya stoli tuzilishi jihatidan eng oddiy
hisoblanadi. Ikki taraflama qo‘shaloq chorcho‘p va taxtali tom
sahnidan tuzilgan bo‘lib, ikki ilgak orqali aylanishga moslashgan.
Operatsiya stolining chorcho‘pi va sahni bir-biriga ilmoq orqali,
yon tomonlar ham halqalar bilan biriktirilgan.
|