Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
veterinariya jarrohligi

Dezinfeksiya – bunda asboblarni sterilizatsiya qilish uchun kim-
yoviy antiseptik eritmalar qo‘llaniladi. Ular bakteriosid va bakterio-
statik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Bu usulni qaynatishning 
iloji bo‘lmagan vaqtda qo‘llash mumkin. Buning uchun asboblar 
emallangan idishga solinadi va ustidan botguncha eritma quyiladi, 
dezinfeksiya 30–60 minut davom ettiriladi. Jarrohlik amaliyotida 
quyidagi eritmalar qo‘llaniladi: Korretnikov eritmasi (formalin 
20,0; karbol kislota, 3,0; natriy-bikorbonat 15
o
, suv 1000), 5 % li 
karbol kislota, 1 % li brilliant yashili, rivanol, 1–2 % li lizol. 
Jarrohlik asboblarini saqlash – ular quruq xonalarda saqlanadi, 
agarda namlik bo‘lsa biror idishga kalsiy xlor, bo‘r kukuni solib 
qo‘yiladi, uzoq vaqt saqlanadigan asboblarga texnik vazelin surtib 
qo‘yiladi. Shpris porsheni harakatsiz bo‘lib qolsa antifermin 
eritmasiga solinadi. Agarda asboblarda zang paydo bo‘lsa 2:1 bo‘r 
va nashatir spirti aralashmasi bilan tozalanadi. 


13 
Tikuv materiallari sterilizatsiyasi. Tikuv materiallari to‘qima-
larni birlashtirish uchun ishlatiladi va ular uzoq vaqt to‘qimalarda 
saqlanadi. Shuning uchun ular steril bo‘lmasa mikroblar manbai 
bo‘lib to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonini chaqirishi mumkin. 
Jarrohlik amaliyotida to‘qimalarga chok qo‘yishda quyidagi ma-
teriallar qo‘llaniladi: ipak, zig‘irpoya, paxta va sintetik iplar, ketgut. 
Paxta va zig‘irpoya iplari sterilizatsiyasibunda Sadovskiy 
usulini qo‘llash mumkin yoki formalinning 4 % li suvdagi eritma-
sida 24 soat davomida sterilizatsiya o‘tkaziladi. 
Sintetik iplar sterilizatsiyasi – bu iplar o‘zining mustahkamligi 
bilan boshqalaridan ajralib turadi, ular qaynatish va kimyoviy erit-
malar ta’sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Shuning uchun 
ular 20 minut davomida distillangan suvda qaynatilib sterilizatsiya 
qilinadi. 
Ketgutni sterilizatsiya qilish – inglizcha cat – mushuk, gutt – 
ichak, birinchi marta mushuklar ichagining shilliq osti qavatidan 
tayyorlangan. Hozirgi vaqtda ketgut qo‘ylar ichaklarining muskul 
va seroz qavatidan tayyorlanadi. Ketgutni sterilizatsiya qilish 
quyidagi usullar bilan olib boriladi. 
Pokotilo usuli – ketgut 72 soatga 4 % li formalin-suv eritmasiga 
solib qo‘yiladi. 
Gubarev usuli – ketgut 12 soat benzinda yog‘sizlantiriladi, quritib 
14 kunga 1 % li yod va kaliy yodning spirtdagi eritmasida saqlanadi. 
Sadovskiy usuli: ketgut 30 minutga, 0,5 % li nashatir spirti erit-
masiga solinadi, keyin biroz muddatga 65 % li spirt, 2 % li formalin 
eritmasiga solinadi va unda, ishlatilguncha saqlanishi mumkin. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin