10
modda bo‘lib, ham zaharli. U yarada parchalanganda ajralib
chiqadigan kislorod ta’sir qiladi.
Yod nastoykasi (Tinctura iodi) – yodning 5–10 % li spirtdagi
eritmasi kuchli dezinfeksiya qiluvchi modda, to‘qimalarga
ta’sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta’sir qiladi, terini qalinlashtiradi,
teshiklarini yopadi, uzoq ishlatilganda kuydiradi, terini va uning
po‘stini ko‘chiradi. Terini dezinfeksiya qilish uchun (operatsiya
bo‘ladigan joyni, qo‘llarni va barmoqlarni) ishlatiladi.
Xloramin (Xloraminum) ta’sir qiluvchi qismi 25 % miqdorida
bo‘ladigan erkin xlordir. Bu kuchli antiseptik moddaning tirik to‘-
qimalami shikastlashi uning ta’sirining salbiy tomoni hisoblanadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, xloramin ancha keng ko‘lamda qo‘l-
laniladi, chunki oqsilli muhitda (masalan, yarada) boshqa antiseptik
moddalarga qaraganda uning bakteriosid kuchi ozroq kamayadi.
Xloraminning 1–5 % li eritmasi bo‘shliqlarni yuvish, yaraga kirgi-
ziladigan tamponlarni ho‘llash uchun va turg‘un zaharlovchi
moddalar bilan shikastlanganda ishlatiladi.
Rivanol (Rivanol) – oltinsimon sariq suyuqlik, uning 1:50,
1:1000 nisbatdagi eritmasi yaralarni yuvish, tamponlarni ho‘llash,
bog‘lamlarni namlash uchun ishlatiladi.
Furatsillin – sariq kristall kukun. Grammusbat va grammanfiy
mikroblarga ta’sir qiladi (stafilokokklar, ichak tayoqchasi, anaerob-
lar), 1:5000 nisbatdagi eritmasi bilan yiringli bo‘shliqlar yuviladi.
Dostları ilə paylaş: