47
(teri yorig‘ining chuqurligi), yallig‘lanishning paydo bo‘lishi
(trom- boflebet, limfonodulit), limfa tugunlari atrofi yallig‘la-
nishiga e’tibor beriladi. Yaraning og‘riqliligiga, shilinganligi, in-
feksiyaning limfa tizimi orqali tarqalishi
yoki tarqalmasligiga
e’tibor qaratiladi. Tekshirilayotgan joyning simpatik joyda joylash-
ganligi, yallig‘langan shishning tarqalishi va yaraning yallig‘lanish
xarakteri taqqoslanadi. Yara atrofi jundan tozalanadi va dezinfek-
siya qilinadi.
Yarani tozalash. Yara ekssudatining chiqib ketishiga to‘sqinlik
qiluvchi chuqurcha va burchak joylarni yo‘qotish,ezilib ketgan
to‘qimalar va ivib qolgan qonni olib tashlash,ya’ni
yara jarayo-
nining normal o‘tishi uchun qulay sharoit yaratish yarani xirurgik
tozalash deyiladi.
Yarani kesib kattalashtirish – operatsiya qilinadigan joyni tay-
yorlab og‘riqni yo‘qotish chorasi ko‘rilgandan keyin yara kanali
skalpel bilan kesib kattalashtiriladi,uzilmay qolgan to‘qima to‘siq-
lari yo‘qotiladi,ezilgan va osilib turgan to‘qimalar kesib tashlanadi
va yara oddiy holatga keltiriladi. Yarani uning ekssudati bemalol
chiqib keta oladigan qilib kesish kerak.
Agar yara ichida juda
chuqur burchaklar bo‘lsa, qarama-qarshi tomonidan ham kesib
ochiladi. Yaraning ichi mexanik tozalanib, qon to‘xtatilgandan
so‘ng
yuviladi, surtma surtib qo‘yiladi yoki antiseptik dorilar
sepiladi. Zarur bo‘lsa yara ichiga dokadan qilingan drenaj kiritiladi
va u chiqib ketmasligi uchun vaqtincha bir,
ikki joyidan tikib
qo‘yiladi. Shundan keyin yara bog‘lanadi.
Yarani qisman kesib olib tashlash – yara kesib kengaytiril-
ganidan so‘ng uning yara ichiga kirib
turgan shikastlangan va
ifloslangan hamma to‘qimalarini skalpel yoki qaychi bilan kesib
tashlanadi. Atrofida sog‘lom to‘qimalargina qoldiriladi. Jonli
to‘qimadan qon oqib turadi, uni pinset bilan ushlaganda fibrillyar
ravishda qisqarib kengayadi va unda o‘zgarishlar ko‘rinmaydi.
Katta tomir tashlanadi. Ko‘pchilik jarrohlar
yarani xirurgik toza-
lagandan so‘ng qisman tikib qo‘yadilar. Bunda yaraning yuqorigi
qismi tikib bog‘lab qo‘yiladi, pastki qismi esa yara ekssudati chiqib
turishi uchun ochiq qoldiriladi.