Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
veterinariya jarrohligi

Amaliy mashg‘ulot. 
Yaralar bitishining birinchi bosqichida 3-5 kunda qayta bog‘lab 
turiladi. Yara ustidagi doka surilib ketgan yoki yiringga bulg‘angan 
bo‘lsa almashtiriladi. Bundan tashqari,hayvonning tana harorati 
ko‘tarilib,umumiy ahvoli og‘irlashsa, yaraning atrofi juda shishib 
ketsa ham bog‘lam tez-tez almashtirib turiladi. Yara quyidagi 
tartibda qayta bog‘lanadi: avval uning ustidagi doka va paxta olib 
tashlanadi, yara mexanik ravishda tozalanadi va uning atrofidagi 
teri dezinfeksiya qilinadi, yara yuzasi sterillangan tamponlar bilan 
quritiladi. Antiseptik dorilar qo‘yiladi va qaytadan bog‘lanadi. 
Yaraning ikkinchi va uchinchi bitish bosqichlarida u ochiq holida 
davolanadi (oyoqlarning pastki qismlaridagi yaralar bundan 
mustasno). Yarani davolash uchun quyidagi dorilar qo‘llaniladi: 
yangi operatsiyadan keyin yaraga infeksiya tushishining oldini 
olish uchun: 
1. Rivonol eritmasi (1:1000). 
2. Yodning spirtdagi eritmasi (1:1000-1:3000). 
3. Oq streptotsid kukuni, oq streptotsidning spirtdagi 5 % li erit-
masi, oq streptotsidning baliq moyidagi 5–10 % li emulsiyasi
penitsillin eritmasi (1,0 eritmaga– 3–5 ming TB-ta’sir birligida 
penitsillin), penitsillin kukuni, oq streptotsid kukuni bilan aralash-
tirib (20-30 ming TB penitsillinga 1,0 streptotsid aralashtiriladi) 
ishlatiladi. 
Yiringli yaralar bitishining birinchi bosqichida yarani tozalash, 
infeksiyaga qarshi kurashish va granulatsiya to‘qimasining o‘si-
shini tezlashtirish uchun – 3 % li vodorod peroksidi, 0,1-0,2 % li 
kaliy permanganat eritmasi, 1–2 % li xlorid va xloramin eritmasi, 
5–10 % li osh tuzi yoki magneziya sulfat eritmasi, 1–3 % li karbon 
kislota eritmasi, suyuq Vishnevskiy surtmasi, Olivkov suyuqligi, 10 
% li yodoformli efir, dioktaninning 1–2 % li spirtdagi eritmasi, oq 
streptotsidning 5 % li emulsiyasi, penitsillin mazi (1,0 surtmada 5–
10 ming TB penitsillin bo‘lishi kerak) qo‘llaniladi. Yara bitishining 
uchinchi bosqichida (yarani quritish va epidermasining o‘sishini 
tezlatish uchun) rux surtmasi, 5 % li kseroform yoki yodoform 
surtmasi, 10 % li yodoformli efir, 5 % li ixtiol mazidan foyda-
laniladi. 


51 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin