Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
veterinariya jarrohligi

 
Amaliy mashg‘ulot. 
Septikopiemiya – yiring va yiringli infeksiyaning qonga o‘tishi. 
Umumiy infeksiyaning bu xilini stafilokokk, diplokokk, ichak tayoq-
chalari kabi mikroblar ko‘plab paydo qiladi. Vena qon tomirlarining 
zararlanishi (flebitlar), tromblar yiringlab ketishi va infeksiyalangan 
tromblarning turli organlarga (o‘pka, yurak, miya va boshqalarga) 
o‘tishi, metastatik yiringning ko‘pincha teri osti to‘qimalarida, o‘pka-
da, plevrada, buyrakda paydo bo‘lishi septiko-piemiyaga xosdir. 
Piemiya tez sog‘aymasa qon o‘zgaradi va hayvon oriqlab ketadi. 
Kasallik belgilari. Birlamchi yiringli fokusidan metastaz paydo 
bo‘ladi. Hayvonning harorati ko‘tarilib ketadi va vaqtincha normal-


53 
lashib qoladi. Yiring to‘plangan joylar paydo bo‘ladi. Harorat ko‘-
tarilishidan oldin odatda hayvon qattiq sovqotadi. Sovqotish va ha-
rorat ko‘tarilishi qonga yangi infeksiya kirishi yoki yangi manba 
paydo bo‘lishi sababli yuzaga keladi. Sovqotish, harorat ko‘tarilishi 
va nafas olishi tez va yuzaki bo‘ladi, nerv tizimi tormozlanadi. Ka-
sallik uzoq vaqt cho‘zilib ketsa, qizil qon tanachalarning parcha-
lanishi va jigar zararlanishi tufayli hayvon tanasi sarg‘ayib ketadi. 
Davolash. Yiringli infeksiyani davolash uchun antibiotiklar
ya’ni penitsillin, streptomisin, sintomisin va biomisin (eritromisin 
kabi dorilar) qo‘llanilsa yaxshi natija beradi. 
4-mavzu. O‘smalar. O‘smalarning umumiy tasnifi 
To‘qimalarning haddan tashqari foydasiz o‘sib ketishiga o‘sma 
(blastoma) deyiladi. Normal to‘qimaning o‘sma to‘qimasiga ayla-
nishi tufayli hosil bo‘lgan blastoma o‘z tuzilishi va faoliyatining 
atipikligi, progressiv avj olishi va betartib o‘sishi, hamda ayrim 
biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Epitelioma, biriktiruvchi, nerv, muskul va aralash to‘qimalardan 
hosil bo‘ladigan o‘smalar, zararli va bezarar o‘smalar farq qilinadi. 
Ko‘pchilik o‘smalarning nomlari odatda to‘qima nomining oxirgi 
«oma» qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi, masalan, fi- 
broma, epitelioma, nevroma, mioma. Bundan tashqari epitelial 
to‘qimadan hosil bo‘ladigan zararli o‘smalarga rak (karsinoma) va 
biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladigan o‘smalarga esa sarkoma 
kabi maxsus nomlar berilgan. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin