60
tishi tushib, o‘rniga boshqasi chiqishini ham hisobga olish lozim.
Tishlar yumshoq to‘qimalarining yallig‘lanishi
pulpit deb ataladi.
Tishlarni tekislash. Oziq tishlarning o‘tkir
qirralari til va lunj
shilliq pardalarini shikastlashi natijasida
ozuqa qabul qilish va
chaynash qiyinlashadi. Tishni to‘g‘rilash uchun maxsus tish egovi
ishlatiladi. Bunda veterinar yordamchisi hayvonning og‘iz
bo‘shlig‘ini asbob bilan ochadi yoki tilini ushlab uni bir tomonga
tortib, tishni egovlash uchun sharoit yaratadi.
Peshona bo‘shlig‘i – Sinus frontalis–qoramollarda peshona su-
yagining shox o‘simtasigacha cho‘zilgan, katta yoshdagi hayvon-
larda oldingi chegarasi ko‘z orbita chegarasini birlashtiruvchi chi-
zig‘igacha to‘g‘ri keladi, orqadan shox
oraliq qirrasining yon to-
monidan peshona suyagining tashqi qirrasiga to‘g‘ri keladi. Bo‘sh-
liq burunning o‘rta yo‘li bilan birlashadi. Katta hayvonlarda tana va
ensa suyaklarining orqa tomonida ortiqcha ensa bo‘shlig‘i mavjud,
uning old qismida esa yana ortiqcha bo‘shliqlar joylashgan, bular
asosiy qismlaridan ajralib, burunning o‘rta yo‘liga qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: