Vetinariya 2016. pmd


Peshona chig‘anoq bo‘shlig‘i



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
veterinariya jarrohligi

Peshona chig‘anoq bo‘shlig‘i – Sinus chonchofrontalis. Otlar-
da peshona bo‘shlig‘i dorsol chig‘anoq bo‘shlig‘i bilan qo‘shilishi 
natijasida vujudga kelgan. Uning anatomik chegarasi – orqadan 
jag‘ bo‘g‘imi do‘ppayib chiqib turgan qirrasiga to‘g‘ri keladi, ol-
dindan esa qirrasining markaziga yotib boradi, yonidagisi peshona 
tashqi qirrasi peshona suyagi o‘simtasi, orbitaning ichki qirrasi va 
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining tashqi chizig‘i orqali o‘tadi, medial 
chegarasi – ko‘zning ichki burchagidan 2–2,5 sm joy qoldirib, 
boshning medial chizig‘iga parallel, oldidagi chegaralardan orqaga 
qarab boradi, bo‘shliqning oldingi ichki chegara qismi ko‘zning 
medial burchaklari qo‘shilish chizig‘iga to‘g‘ri keladi. 
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i – Sinus maxillaris. Qoramollarda jag‘ 
bo‘shlig‘i chegaralari – yuqoridan orbitaning ichki burchagidan 
premolyar tish katakchasi oldi qirrasiga o‘tkazilgan chiziq bo‘sh-
liqning yon tomonida joylashgan ko‘z osti kanali orqali nomdosh 
arteriya, vena tomiri va nerv tolasi oral tomonga qarab yo‘naladi. 
Kanal yuqori jag‘ oziq tish katakchalari bilan suyak plastinkalari 
orqali birlashadi. U jag‘-burun yo‘li orqali burun bo‘shlig‘i bilan 
tutashgan. Qoramollarda yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tarkibida ko‘z yosh 


61 
suyak pufakchasi mavjudligi o‘ziga xos xususiyatga ega. Orbita va 
yuz tarog‘ining old qismi orasidagi masofa o‘rtasidagi bo‘shliq, 
qiya suyak tumshug‘i yordamida oral (kichik) va aboral (katta) 
bo‘limlarga ajraladi. Hayvonlarning yoshiga qarab kattalashib ko‘z 
olmasining ostida joylashadi. Ko‘z yosh pufakcha devorining 
qalinligi 1 mm dan 2 mm gacha bo‘ladi. 
Shoxning jarohatlanishi. Xo‘jalik podasidagi sigirlarni bog‘-
lovsiz saqlash shoxning noto‘g‘ri o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shoxdagi 
o‘sma va shoxlanishni yo‘qotish uchun operatsiyalar o‘tkaziladi. 
Bunday ishlarni amalga oshirishda, asosan ikki usul qo‘llaniladi: 
a) shox o‘simtasini o‘sishdan to‘xtatish; 
b) shox o‘simtasini kesib tashlash. Shox o‘simtasida o‘sishni 
to‘xtatishning asosiy maqsadi boshlang‘ich shox o‘simtasiga te-
gishli bo‘lgan epidermis va uning asosida joylashgan qatlamlar fao-
liyatini buzishdan iborat. Bu operatsiyani bajarish uchun qo‘yidagi 
usullar qo‘llaniladi. 
Issiq (termik) usul eng yaxshi natija beradigan usul hisoblanadi, 
3 haftalik yosh buzoqlarda temir yoki elektr kuydirgich yordamida 
amalga oshiriladi. 
Qonli usul – 1–3 haftalik buzoqlarda trepan asbobi yordamida 
shox o‘simtasining kurtagi olib tashlanadi. Trepan o‘rniga uzunligi 
10 sm bo‘lgan temir naycha ishlatish mumkin, lekin uning bir 
tomonini charxlab o‘tkir qilinadi. 
Operatsiya texnikasi. Shox o‘simtasi joylashgan chegaraning 
juni kalta qirqiladi va yod eritmasi surtiladi. Keyin trepan asbobini 
shox o‘simtasi do‘ngligi ustiga bosib aylanma harakat qilib,avval 
teri qatlami, so‘ngra endigina o‘sayotgan boshlang‘ich shox 
o‘simtasi, peshona suyagi po‘stlog‘i (suyak usti) bilan birga qo‘shib 
olib tashlanadi. Hosil bo‘lgan yaraga antiseptik kukun (yodoform, 
borat kislotasi) purkaladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin