43
VI-bob. Atrof muhit va mehnat mohofazasi
Atrof muhit muxofazasi
Tabiiy muhitni muhofazalash, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish
hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biriga aylangandir.
Turli xil sanoat korxonalarining rivojlanishi so‘zsiz tabiiy muhitga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirni oldindan ko‘ra bilib, tegishli chora tadbirlarni ko‘rish,
ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, foydali tomonlarini oshirishni boshlaydi.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o‘zaro ta’siriga oid
bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola
olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko‘lamida hal etish zarur. Ekologiya muammosi
Yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi
dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir[16].
Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo‘lmas darajada
o‘zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga
qaraganda, oldini olib bo‘lmaydigan darajada xavf tug‘dirmoqda. Ammo uning
tarqalishini kamaytirish texnogen va ijtimoiy - madaniy oqibatlar shiddatini
to‘xtatish zarur. Buning uchun turli soxa mutaxassislari o‘zlarining ekologik
bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhiti shikastlamaslik
choralarini ko‘rmoqlari kerak.
Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral
xom-ashyolardan foydalanish printsiplarini buzilishidir.
Aynan shu printsip xalq xo‘jaligining kam samarali - ekstensiv yo‘ldan
borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va
texnologiyaning keng joriy qilinishiga to‘sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga
zarar yegkazgan holda rejani bajarish kabi g‘ayri ekologik yondashuvni keltirib
chiqardi. Chang va tuzlar shamol bilan hududlarda yog‘ilib, yomg‘ir suvining
minerallashuvini, yerlarning sho‘rlanishini, tog‘dagi muzliklarning erishini
tezlatishga sabab bo‘lmoqda. Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining
yuqori bo‘lishi inson organizmida qon almashinishish kuchaytiradi, ko‘p miqdorda
terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so‘rilishga, hatto me’yornomada
44
ko‘rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg‘ona, Marg‘ilon,
Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda
mikrobiologik tarmoqlar korxonalarning, ko‘p quvvat va suv talab qiladigan ishlab
chiqarish vositalarining ko‘pligi va rivojlanganligi tufayli ekologik sharoit
keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyumin zavodining
salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Oltinsoy
tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib
ketdi, aholi salomatligi esa yomonlashdi.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» 1992 yil 9 dekabrda O‘zbekistan
Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya
va sog‘lomlashtirish muammolariga jalb etish shuningdek, xalqning ekologik
bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda xalqaro ekosan jamg‘armasi tashkil etildi.
Natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish
usullariga utish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishiga erishildi.
Tabiiy muhitni muhofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni
shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun
xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko‘rish, asosiy vazifalaridan
biridir. Ekologiyaning barcha soha tarmoqlarini faqat bitta soha mutaxassisi
o‘zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun ular ekologiyaning o‘zlariga tegishli
yo‘nalishlarini o‘zlashtirsalar va unga amal qilib ishlasalar, maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Sanoatning rivojlanishi va ayniqsa, transport vositalarining o‘sishi natijasida
atmosferada karbonat angidrid, oltingugurt, azot birikmalari va organik
yonilg‘ilarni yonishi yoki chala yonishi natijasida ajralib chiqayotgan har xil
birikmalar miqdori tobora ortib bormoqda.
Kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini eng avvalo tutash
texnologik tsiklli chiqitsiz (ya’ni chiqindilarni ekologizatsiyalash) ishlab
chiqarishlarni yaratish yo‘li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun
texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o‘zgartirish, gazlardan zararli
45
moddalarni ajratib olish va utillashtirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish
sistemalarini qo‘llash lozim. Chiqitsiz ishlab chiqarishning kelajagi – bu hududiy-
sanoat komplekslari bo‘lib, ularda bir korxonaning chiqindisi ikkinchisi uchun
xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi soxalar uchun ekologizatsiyalashning
muayyan modellari ishlab chiqilgan.
Fan-texnika vositalari atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishini
istisno etishga to‘la imkon bermayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitning kishilar,
hayvonlar va o‘simliklar dunyosi uchun xavfsizligini kafolatlovchi standartlarni
ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqishda Standartlar xalqaro
tashkiloti, uning qumitalari va ba’zi mamlakatlarning standartlash idoralari muhim
rol o‘ynaydi. Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti (VOZ) insonni sog‘liqni saqlash
darajasini nazorat qilish uchun xalqaro xizmat yaratildi. Nazorat stantsiyalarining
tarmog‘i respublika miqyosida, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiyot va
urbanizatsiya darajasi bilan belgilanadi.
Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O‘zbekiston
Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qumitasi
boshchilik qiladi. Mazkur qumita qoshida atmosfera havosini ifloslanishdan
muhofaza qilish bo‘yicha Davlat inspektsiyasi yaratildi. Tabiiy muhitni o‘rganish
va ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha markazlar bor. Respublikaning ko‘pgina
shaharlarida suv havzalarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan sistemalar
yordamida nazorat qilinadi.
Bugungi kunda atmosfera havosi zaharli moddalar bilan ifloslanmoqda.
Atmosfera havosiga chang asosan ikki yul bilan tushadi – tabiiy jarayonlar
natijasida va insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida. Tabiiy jarayonlarga
–vulqonlarning otilishi, o‘rmon yonginlari, kosmik changning yogilishi va x.k.
Changni havoga tushiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga quyidagilar
kiradi:
•
qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi korxonalar - 34,7 %
•
IYES - 29,5 %
•
avtotransport
- 15,8 %
46
•
qora metallurgiya - 12,4 %
•
kimyo sanoati
- 4,6 %
•
rangli metallurgiya
- 2,2 %
•
neftni qayta ishlash korxonalari - 0,5 %
Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanayotgan changlar turli shaklga,
o‘lchamga, zichlikka yega bo‘lganligi uchun, ularni turli usullar yerdamida tozalab
olinadi.
Havoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir,
1)
gravitatsion usuli
2)
quruq inertsion va markazdan kochma kuch asosida tozalash usudi
3)
xo‘llash usuli
4)
filtrlash usuli
5)
elektrostatik usul
6)
tovush va ultratovush yordamida koagullash usuli.
Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash jarayoni asosan gazlarni
suyuqlik va qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimiyeviy uzgarishlar xisobiga
olib boriladi. Zaharli gaz moddalarning fizik-kimiyeviy xossalari, ularni ajratib
olinish sharoitlariga binoan ularni tozalash uchun aksariyat hollarda quyidagi
usullar qo‘llaniladi:
1.
Adsorbtsiya
2.
Absortssiya
3.
Katalitik
4.
Termik
Sanoat ishlab chiqarish, korxonalarida, qishloq xujaligida maishiy xizmat
korxonalarida hosil bo‘lgan suvlar - oqova suvlar deyiladi.
Lak-bo‘yoq sanoatida hosil bulayotgan oqova suvlarning tarkibi ishlab
chiqarishning turiga va texnologik jarayoniga bog‘liqdir.
Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, yerituvchi, reaktsion muhit, yekstragent,
absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor
maxsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda
47
ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o‘g‘itlarni
ishlab chiqarishdagi oqova suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi: neftni
qayta ishlash korxonalarning suvlari -neft maxsulotlari, yog, moy, fenol, sirt-aktiv
moddalar bilan ifloslangandir; plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish
korxonalarining suvlari tarkibida monomerlar, yuqori-molekulyar birikmalar,
sakich va x.k. moddalar bor.
Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko‘rsatgichlar orqali aniqlanadi:
1)
orgonaleptik ko‘rsatgichlar (rangi, xidi, mazasi,tiniqligi va x.k.)
2)
fizik kimyoviy ko‘rsatgichlar (rH, temperatura, yelektroutkazuvchanlik,
suvning qattiqligi, kuvishkokligi, zichligi, sirt tarangligi va x.k.)
3)
erigan organik va anorganik moddalarning miqdori, kislorodning kimyoviy
(XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi
4)
kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori.
Oqova suvlarning xar bir guruhiga uziga xos tozalash usullari mavjud bo‘lib,
ular quyidagi guruhlarga bulinadi :
1)
mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, tsentrfugalash);
2)
fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbtsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya,
yekstraktsiya, ion almashinish usuli);
3)
kimyoviy usullar (neytrlash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash)
4)
biokimyoviy usullar - tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi
moddalarning ozika sifatida iste’mol qilishiga asoslangandir.
Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bulinadi: regenerativ usullar -
ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan ;
destruktiv
usullar
yesa
ifloslantiruvchi
strukturasini
buzib
yuborib
zararsizlantirishga asoslangandir.
Tuproq uzoq yillar davomida atmosfera, gidrosfera, o‘simlik va xayvonot
olamining o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan holda litosferaning ustki
qavatlarining uzgarishi natijasida shakllanib kelgan.
Tuproqning holatiga omillar bilan birgalikda, inson faoliyati ham ta’sir
ko‘rsatadi. Tabiatda doimo tuproq qavatining suv, shamol, sel okimlari va x.k.
48
ta’siri natijasida buzib yuborilishi jarayonlari amalga oshib kelgan. Ammo lekin,
tuproq holatining global buzilishi paydo bulishi, asosan insonlarning turli xil
xarakatlariga bog‘liqdir. Insonning xohishiga ko‘ra tuproqning xarakteri
o‘zgartiriladi, tuproqni hosil qiluvchi faktorlar - relef, mikroiqlim uzgaradi,
dengizlar, suv omborlari, kanallar barpo yetiladi, millionlab tonna grunt joydan
joyga kuchiriladi va x.k.
Dostları ilə paylaş: |