Vi bob. Pul mablag‘lari auditi



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə9/10
tarix05.02.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#82899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vi bob. Pul mablag‘lari auditi

Tekshiriladigan masala

Qaysi me’yo-riy hujjatga muvofiq

1. Korxonada valuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotini qo‘llash.




2. Valuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo‘yicha bankka to‘lanadigan komission to‘lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni tekshirish.




3. Valutani majburiy sotish bo‘yicha bankka to‘lanadigan komission to‘lov-ning tannarxga qo‘shilishi.




4. Valuta muomalasi bo‘yicha zarar ko‘rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog‘ida moliyaviy natija tuzatilganligi.


5. Valuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo‘yicha chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish sanasini belgilashning to‘g‘riligini tekshirish




6. Chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan valuta kurslarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish




7. Valuta sotishni aks ettirishga doir schyotlarning o‘zaro bog‘lanishi (korres-pondensiyasi) to‘g‘riligini tekshirish.




6. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari sintetik hisobining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish

Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bunday schyotlar mam-lakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, bosh-qa to‘lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valutalardagi pul mab-lag‘larini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o‘rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyat-laridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo‘yicha o‘tkaziladi.


Bankdagi maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo‘lib, ularda pul mablag‘lari harakati ham so‘mda, ham valutada aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag‘-larining maqsadli tayinlashiga ko‘ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:

  1. maqsadli (tadbirlarni) mablag‘ bilan ta’minlashni (bolalar bog‘cha-si, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;

  2. kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashga mablag‘larni to‘plash uchun;

  3. bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.

Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo‘yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag‘larining maqsadli tayinlanish turlari bo‘yicha mavjud-ligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyat bo‘yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirish-da qo‘shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo‘llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur:

  1. hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko‘zda tutilganligi;

  2. akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi;

  3. akkreditivdan naqd pul mablag‘larining to‘lanmaganligi;

  4. akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to‘g‘riligi.

5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyo-ti» analitik schyoti bo‘yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’ti-bor qaratish lozim:

  1. maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ro‘yxati, berilgan bank kartasi-ning tiplari;

  2. trans chegara to‘lovlarini amalga oshirish chog‘ida amaldagi valuta qonunchiligiga rioya qilinishi (O‘zbekiston Respublikasi hududidan tash-qaridagi chet el valutasidagi hisob-kitoblar);

  3. naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;

  4. korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;

  5. ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun korporativ kar-talar ishlatilmaganligi;

  6. kurs farqlarini to‘liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to‘g‘riligi.




Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin