3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi mil-liy va chet el valutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham-da ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligini aniqlanadi. Bu ma’lumotlar auditorga barcha schyotlar bo‘yicha bank ko‘chirmalarini va har bir schyot bo‘yicha hisob registrlari-ni tekshirish uchun kerak bo‘ladi.
So‘ngra auditor korxona va bank o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartno-maning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvo-fiqligini tekshiradi.
Bankdagi schyotlar bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi va chiqimiga doir muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlarning shakllari va to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yo‘riqnomalarida belgilangan. Bunday huj-jatlarga quyidagilar kiradi:
bank ko‘chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hi-sob-kitob to‘lov hujjatlarining shakllari bilan); to‘lov topshiriqnomasi, to‘-lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnoma-talabnomasi, to‘lov orderi, inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi), hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza, valutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma, valuta sotib olish uchun topshiriqnoma, rezidentning sotib olingan valutani so‘mga ay-lantirish to‘g‘risidagi farmoyishi va boshqalar;
bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar.
Auditor hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi.
Auditor bankdagi schyotlardan akseptsiz (roziliksiz) hisobdan chiqa-rishga doir muomalalarni tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Bun-day holatlar faqat sud qarori, bevosita qonun ko‘rsatmalari, mijozning bank shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bankdagi schyotlar bo‘yicha muomalalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar yoki yig‘imlarni undirish to‘g‘risi-dagi qarorni ta’minlash uchun to‘xtatilishi mumkin. Ushbu cheklashlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ijro qilish navbati soliq to‘lashga doir majburiyatlardan oldin to‘lanadigan to‘lovlarga taal-luqli emas. Bankdagi muomalalarni to‘xtatish soliq organidan bunday muomalalarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror olingan paytdan to ushbu qaror bekor qilingunga qadar amal qiladi.
Buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi ko‘rsatkichlarning sintetik va analitik hisob, bank ko‘chirmasi ma’lumot-lariga mosligini tekshirish kerak.
Tekshiruv jarayonida bajariladigan amallar auditorning ishchi hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Tafovutlar aniqlanganida farq summalarini ko‘rsa-tish va ularning sabablarini ochib berish zarur.
Shunday qilib, bankdagi 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamla-kat ichidagi valuta schyotlari», 5220 «Xorijdagi valuta schyotlari», 5510-«Akkreditivlar», 5520 «Chek daftarchalari» va 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» bo‘yicha amalga oshirilgan bank muomalalarini tekshirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
korxonaning nechta hisob-kitob schyoti, valuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek, ular qaysi bank muassasalarida ochilganligini aniqlash;
schyotlar sonini aniqlab, balansning «Hisob-kitob schyoti», «Valu-ta schyoti», «Bankdagi maxsus schyotlar» -moddalari bo‘yicha qoldiqlarni va bu schyotlar bo‘yicha bank ko‘chirmalaridagi ushbu balans sanasiga bo‘lgan qoldiqlarni solishtirish, Shuningdek, bank ko‘chirmalarida aks et-tirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki hujjatlarda aks ettirilgan sum-malar bilan taqqoslash lozim;
amalga oshirilgan muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshi-rish;
bankdagi schyotlardan olingan ko‘chirmalar va ko‘chirmalarga ilo-va qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashti-rishini tekshirish;
bank ko‘chirmalarida va bankdagi pul mablag‘lari hisobga olinadi-gan registrlarda pul mablag‘larining kirimi va chiqimi bo‘yicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning to‘g‘riligini arifmetik tek-shirish;
bank ko‘chirmalaridagi, buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans mod-dalarining mosligini tekshirish;
bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan naqd pullarni 5010 «Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyoti debetida aks ettirish o‘r-niga boshqa schyotlarga olib borish hollariga yo‘l qo‘yilmaganligini aniq-lash);
bank ko‘chirmasida aks ettirilgan har bir muomala tegishli dastlab-ki hujjatlar (schyotlar, to‘lov topshiriqlari, to‘lov talabnomalari, shartno-malar, akt protsentovkalar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim. Bank ko‘chirmalariga ilova qilingan;
dastlabki hujjatlar quyidagi tartibda guruhlanadi; oldin bank ko‘-chirmalariga kirim hujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim hujjatlari ketma-ket ilova qilinadi;
bank ko‘chirmalarini bunday tartibda tekshirish bank hujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning mohiyatiga ko‘ra tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
tovarsiz schyotlar va boshqa noqonuniy muomalalar bo‘yicha bo‘-naklar (avanslar) va to‘lovlarning noto‘g‘ri o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yil-mayotganligi (tekshirilayotgan korxonaga aloqador bo‘lmagan, boshqa korxonalar xaridlari va sarflariga doir schyotlarni to‘lash va h. k. );
tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamg‘arish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan schyotlarni to‘lash maqsadida olingan bank ssudalaridan o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanish va h. k., ssuda olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligi;
bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari-ning hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning qat’i hisobda turadigan hujjatlar sifatida hisobga olinishi), ular hisobdor shaxslarga tilxat bo‘yicha berilayotganligi;
hisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi to‘g‘-risida hisobot tuzilishi, hisobdor shaxslar hisobotlaridagi qoldiq va oborotlar-ning maxsus ssuda schyoti bo‘yicha qoldiq va oborotlarga mos kelishi;
cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport hujjatlarida ko‘rsatilishi va h. k. ;
akkreditivlar orqali amalga oshiriladigan muomalalarning to‘g‘riligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday hisob-kitoblarni ham aniqlash zarur.
Bulardan tashqari, korxonaning to‘lovga layoqatsizligi yuzaga kel-mayotganligi va bunday holda korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida qanday choralar ko‘rilganligi ham aniqlanadi.
Bank muomalalarini tekshirish chog‘ida auditor 5710-«Yo‘ldagi pul jo‘natmalari» schyotida aks ettirilgan summalarning haqqoniyligini ham tekshirish lozim. Ko‘pchilik hollarda buyurtmachilar bajarilgan ishlar uchun oldindan o‘tkazilgan to‘lovlar muddati o‘tib ketganida debitor qarz-larni hisobotda kamaytirib ko‘rsatish maqsadida summalarni 5710 schyot-ga olib boradilar.
Amaldagi tartibga ko‘ra 5710 schyotda bank muassasasi kassasiga yoki pochtaga topshirilib, biroq korxonaning 5110 «Hisob-kitob schyoti» yoki maxsus schyotiga kelib tushmagan pullar (daromadlar) Shuningdek, tekshirilayotgan korxonaga boshqa korxona yoki yuqori tashkilotdan o‘t-kazilgan, lekin tekshirilayotgan korxonaning hisob-kitob schyotiga hisobot oyida kelib tushmagan, ya’ni oy oxiriga yo‘lda bo‘lgan summalar aks et-tirilishi lozim. Buxgalterlik hisobida 5710-schyotga doir muomalalarni aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi; daromad topshirilganda bank muasasasi kassasi yoki pochta tomonidan berilgan, pul topshirilganligi haqidagi patta; pul muomalalarini o‘tkazishda esa pulni qabul qilib olgan bank muassasasi yoki pochta bo‘limining nomi, nomeri, sanasi va summa ko‘rsatilgan korxona avizosi.
5110 – «Hisob-kitob schyoti» ga kelib tushgan pul mablag‘larini tek-shirishda, ularni kirim qilishning to‘g‘riligi va to‘liqligi aniqlanadi. Chu-nonchi, kassa muomalalarini tekshirish jaraenida barcha bank ko‘chirma-larida bankka topshirilgan naqd pul badallari alohida belgilab qo‘yilishi lozim.
Hisob-kitob va valuta schyotlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqa-rish bo‘yicha bankdan olingan naqd pullarning o‘z vaqtida to‘liq qabul qilinishi hamda maqsadga muvofiq ishlatilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Pul mablag‘larini o‘tkazish, mol yetkazib beruvchilarga qarzlarning qoplanishi, ulardan foydalanishning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida ushbu schyotlar tekshiriladi.
Auditor akseptlangan topshiriqlar bilan aloqa bo‘limi orqali pul o‘tkazilganda xatoga yo‘l qo‘yilmaganligini ham tekshirishi lozim. Bunda joriy va deponentlangan ish haqi, ijro varaqalari bo‘yicha ushlangan sum-malar yoki hisobdor summalar va h. k. tekshiriladi.
Pul o‘tkazilayotgan vaqtda o‘tkazilish xususiyatlari va o‘tkazilayotgan summa to‘g‘riligi (dastlabki hisob hujjatlariga solishtirish yo‘li bilan) Shuningdek, o‘tkazishlarni oladigan shaxslar ro‘yxatining ishonchliligi tekshirilishi lozim.