Vi bob. Pul mablag‘lari auditi


- «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə4/10
tarix05.02.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#82899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vi bob. Pul mablag‘lari auditi

4. 5110 - «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish

Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bog‘liq bo‘lgan bank muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko‘p uchraydigan muomalalarni aniq-lash va schyotlar bog‘lanishining to‘g‘riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada bunday tasniflagich yo‘q bo‘lsa, Bosh daftardagi schyot-lar bog‘lanishidan foydalanib, tegishli axborotga ega bo‘lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga xos bo‘lmagan muomalalarga doir schyotlar bog‘lanishiga alohida e’tibor qaratish zarur.


Agar bank xizmati ko‘rsatish shartnomasida bank tomonidan korxona-ning pul mablag‘laridan foydalanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, auditor olin-gan foizlarning korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob schyotiga haqiqatda o‘tkazilishiga qarab aks ettiri-lishini tekshirishi lozim. Olinadigan foizlarni noto‘g‘ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy natijalarning buzib ko‘rsatilishiga, balki kor-xonaga nisbatan soliq organi tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarima-lar) qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni ham tekshiradi:

  1. hisob registrlarini yuritish tartibi;

  2. bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo‘yicha sintetik hisob registrining yuritilishi, yig‘ma registr tuzilishi;

  3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari harakatiga doir muomala-larning sintetik hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko‘chirmasi ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi;

  4. bank ko‘chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.

Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘larining to‘liq kirim qilinishini tekshirish chog‘ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti bo‘yicha yozuvlar 4010-«Xaridorlar va buyurt-machilardan olinadigan schyotlar» bo‘yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko‘rinishida olingan pul mablag‘larining kirimi, pul mablag‘larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 5510-«Akkreditivlar», 5520-«Chek daftar-chalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar», hamda bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag‘larining to‘liq kirim qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank ko‘chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Mil-liy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining krediti bo‘yicha yuritiladigan hisob registri ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi.
Pul mablag‘laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniq-lash uchun, ularning mol yetkazib beruvchilardan qarzlarni qoplashga hisob-kitob schyotidan o‘tkazilishini, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti bo‘yicha hisob-kitob muo-malalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘limida tahlil qilish kerak.
5110 Hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-«Asosiy ishlab chiqa-rish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2720-«Boshqa ishlab chiqarishlar» va boshqa xarajat schyot-larining debeti bo‘yicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. Chunki mazkur holatlarda bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun pul o‘tkazish yashiringan bo‘lishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan o‘chi-rilishini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan bog‘liqlikda batafsil tekshirish va tahlil qilish, ilmiy-tadqi-qot ishlariga qilingan sarflarni, ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun to‘lash va boshqa xarajatlarni hisobdan o‘chirishga doir xatolar aniqlashga yor-dam beradi. Bunday xatolar moliyaviy natijalarning buzib ko‘rsatilishiga va soliq bilan bog‘liq noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan hisobdan o‘chirilgan naqd pul sum-malari (bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar, 5110-schyotning kredit oboroti yuritiladigan registr bo‘yicha) va naqd pul mablag‘larining kassaga kirimini (kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladi-gan registr bo‘yicha) tekshirish hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazishda qarama-qarshi tekshiruv bo‘lib hisob-lanadi. Bunda auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim:

  1. hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag‘ini hisobdan o‘chirish muomalasi aks ettirilgan bank ko‘chirmasiga kassa kirim orderi kvi-tantsiyasi ilova qilinganligi va uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi;

  2. 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining debet oboroti (1-jur-nal-orderning vedomost tomoni) bo‘yicha sintetik hisob registrlari yozuv-larining tengligi tekshiriladi.

Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog‘ida aniqlan-gan kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditor-lik tekshiruvining mazkur bo‘limi bo‘yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.



Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin