Vi bob. Yengil avtomobil-taksilar ishini tashkil etish


Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə4/6
tarix15.12.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#75018
1   2   3   4   5   6
6 YENGIL AVTOMOBIL-TAKSILAR ISHINI TASHKIL ETISH (1)

6.5. Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g’risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘nalishsiz taksilarning tashqi ko‘rinishiga va ichki ma’lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.
Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yo‘nalishsiz taksi – yo‘lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra hisoblagich (taksometr) ko‘rsatkichi bo‘yicha haq to‘lash hisobiga yo‘lovchilarni va ularning bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan avtotransport vositasi;
yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joyi – ma’lumotlar ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yo‘l belgilari qo‘yilgan hamda yo‘lovchilarni o‘tqazish (tushirish) va yo‘nalishsiz taksilarning to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan, ko‘chalarning yo‘lovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
hisoblagich (taksometr) – yo‘lovchi boradigan manzilning uzoqligini hisobga olishni va qiymatini hisob-kitob qilishni ta’minlaydigan qurilma;
litsenziya kartochkasi – yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositasi uchun belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishga ruxsatnoma (huquq).


Yagona tanish belgilari
Тashqi va ichki ma’lumotlar bilan jihozlash belgilari yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari hisoblanadi.
Yagona tanish belgilari transport oqimida avtotransport vositasining ajralib turishini va tanilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan hamda ular yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yo‘nalishsiz taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga "TAXI" tanish belgisini o‘rnatish (6.5.1 a-rasm);
shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi "Т" harflari (6.5.1 b-rasm);
avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs - tashuvchining nomi;
- yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
- yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Тoshkent shahri uchun – “fil suyagi” rangli avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasi tomonidan, texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalarida amalga oshiriladi (6.5.2 -rasm).
Yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- old oynaning yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog’i;
- avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati to‘g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek majburiy sug’urta qilinganlik

a)

b)





6.5.1-rasm. "TAXI" tanish belgisining tasviri va o‘lchamlari (mm)




6.5.2-rasm..Yengil avtomobil-taksining tashqi ko’rinishi


to‘grisidagi ma’lumot ko‘rsatilgan ma’lumotlar tablichkasi. Тablichka avtotransport vositasi priborlari paneliga, yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan holatda o‘rnatiladi;


- hisoblagich (taksometr);
- belgilangan tartibda sotib olinadigan va foydalaniladigan radioaloqa vositasi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin