Vi bob. Yengil avtomobil-taksilar ishini tashkil etish


Yo‘nalishsiz тaksilarga qo‘yiladigan тalablar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə5/6
tarix15.12.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#75018
1   2   3   4   5   6
6 YENGIL AVTOMOBIL-TAKSILAR ISHINI TASHKIL ETISH (1)

Yo‘nalishsiz тaksilarga qo‘yiladigan тalablar
Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi va avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi, shuningdek quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- yagona tanish belgilarining mavjud bo‘lishi;
- soz holatdagi plombalangan spidometr jihozlarining, belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan nazorat-kassa mashinasining, shuningdek to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilib olish uchun hisob-kitob terminalining mavjud bo‘lishi;
- yo‘nalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi.
Yo‘nalishsiz taksi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish tarzidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi.


Yo‘nalishsiz тaksilar haydovchilariga qo‘yiladigan тalablar
Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida "B" ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g’risida belgilar qo‘yilgan yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi kerak.
Haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksiga o‘tqazishni va undan tushirishni yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylarida, tegishli harakatdagi tarkibning to‘xtashiga ruxsat berilgan ko‘cha-yo‘l shoxobchalari uchastkalarida hamda yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilar buyurtmalari bo‘yicha beriladigan joylarda amalga oshiradi.
Yo‘nalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy yoki ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llaniladi.
Yengil avtomobil-taksilar ishini tashkil etish yo‘nalishli avtobuslar ishini tashkil etishdan ko‘ra biroz murakkab hisoblanadi. Chunki, yengil avtomobil-taksilarning har bir qatnovida ekspluatatsion ko‘rsatkichlar turlicha bo‘ladi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin