Oquvchilarni insho yozishga tayyorlash ishi sinfda alohida darslar uyushtirish yoli bilan amalga oshiriladi. Oquvchilar bu darslarda ozlari mustaqul amalga oshiriladigan ishlarni ortoqlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Ishni bajarishda qiynalsalar, oqituvchi ularga komaklashadi. Sinfda tashkil etiladigan tayyorgarlik darsi aniq va qiziqarli mavzu asosida uyushtiriladi. Shundagina, bu dars oquvchilarda insho ustida ishlash konikmasini shakllantirishga yordam beradi. Oquvchilar inshoga nisbatan qoyiladigan talablarni bilishlari kerak. Metodik adabiyotlarda va ”Ona tili” darsligida insho yozish uchun oquvchilarga bir qator zarur maslahatlar berilgan, jumladan: insho mavzusini puxta oylash, nimalar haqida yozishni aniqlab olish, mavzuga oid sozlar tanlash; inshoning asosiy mazmunini, shu mazmunni yoritish uchun nimalar haqida va qanday yozishni oylab olish, inshoning rejasini tuzish; inshoning tiliga, fikrning yaxshi ifodalanganligiga etibor berish, zarur orinlarga tuzatish kiritish; yozgan inshoni oqqa kochirish.
Insho murakkab ijodiy ish bolganligi uchun ham u oquchidan zarur bilim hamda konikma va malakalarni talab etadi. Birinchi yonalish ona tilidan deyarli barcha mashgulotlarda amalga oshiriladi. Oquvchilar organilayotgan til hodisasini amalda tadbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekanlar Ikkinchi yonalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya organilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Malumki, maktabda otkaziladigan insholarda kozga tashlanadigan muhim kamchiliklar, asosan, mavzudan chetga chiqish, yani uning haddan tashqari qisqa yoki, aksincha, ortiq darajada keng hajmda bolishidir. Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Ogzaki va yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bolinadi: material yigish, yani kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni korib chiqish, kinofilm, spektaklni korish, badiiy va boshqa adabiyotlarni oqish; Mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, yani suhbat, muhokama qilish zarur materialni ajratish, reja tuzish, lugat ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo. Inshoni nutqiy shakllantirish, yani insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni togrilash va uni tekshirish. Insho yozish uchun 2-sinfda odatda, bir dars, zarur bolib qolsa ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yarim yoki ikki dars, ayrim vaqtlarda ikki yarim darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlil va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi. Oqituvchi har bir insho turi uchun oquv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi: oquvchilarni inshoning yangi turi bolgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish; rasmli reja asosida matn rejasini tuzish; reja rasmlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bolish va har birini xatboshidan yozish; insho matnini mustaqil tekshirish, uni takomillashtirish.