b) 71 - 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va
adabiyoti yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining nazariy-metodik asoslarini qisman bilish;
mavzuga oid matnlarni tahlil qilish, lekin uni o‘quvchilarga to‘liq yetkazib berolmaslik;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish;
dars tahlilida va darsni tashkil qilishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yish;
o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini qisman yetkazib berish.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or yutuqlarini yetarlicha bilmaslik;
gap va matnlarni yetarlicha tahlil qila olmaslik;
darsning ilmiy-nazariy asoslari haqida qisman bilish;
dars va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaslik;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni to‘liq qo‘llay olmaslik;
o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil va ijodiy fikrlarni to‘liq bayon qila olmaslik;
ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilidan olgan nazariy bilimlarini amalda yetarlicha qo‘llay olmaslik.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin: DTS va dasturlarini o‘rganib chiqmaganligi;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olimaslik;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va adabiyoti yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqmaganligi;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or yutuqlarini bilmasligi;
fan yuzasidan aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
fanning nazariy-metodik asoslarini bilmaslik;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyatini tushunmaslik;
dars tahlili va darsni tashkil etish usullarini bilmaslik.
1Darslik va qo‘llanmalarda insho turlari uch guruhga ajratilgan: 1. Adabiy mavzudagi insho. 2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insho.3. Erkin mavzudagi insho. Adabiy mavzudagi va adabiy-ijodiy mavzudagi insholar mohiyatiga ko‘ra yaqin bo‘lgani bois ushbu metodik qo‘llanmada birlashtirib berildi.
2 O‘TIL - O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V. -T., 2006-2008.
3 Tinish belgilari mazmuni akademik litsey darsliklari materiallari asosida yoritildi.
5Каримов И.А. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади. –Т.: Ўзбекистон, 2011. 3-б.
6 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: O‘zbekiston, 2016. 14- bet.
7Маhmudxoja Behbudiy. Ko‘rsatilgan manba. –Т., 1997. 153-б.
8Маhmudxoja Behbudiy. Ko‘rsatilgan manba. –Т., 1997.154-b.