8,9- Mavzu yuzasidan savollar:
1. Yozma ishlarni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar qaysilar?
2. Imloviy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?
3. Qaysi yozma ish turida mantiqiy, uslubiy xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yish mumkin?
4. Orfografik xatolarga yo‘l qo‘yishda orfoepiyaning ahamiyati haqida gapiring.
10- Mavzu yuzasidan savollar:
1. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan kadrlar sifatini oshirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2. Kadrlar savodxonligini oshirish maqsadida qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar nimalardan iborat?
3. Ta’lim jarayonida yozma ishlar tahlilini amalga oshirishda qanday innovatsion texnologiyalardan foydalanish mumkin?
4. Yozma ishlarni tashkil etishda va ularning tahlili jarayonida multimediya vositalarining o‘rni?
11- Mavzu yuzasidan savollar:
. DTSda belgilab qo‘yilgan yozma ish darslarini tashkil etishdagi asosiy me’yorlar haqida ayting.
2. Yozma ish darslarini tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
3. Inshoni loyihalashda qanday bosqichlar amalga oshiriladi?
4. Yozma ish darslarini loyihalashda AKTning o‘rni?
BAHOLASH MEZONLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fаni bo‘yichа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini bаhоlаshdа quyidаgi mеzоnlаrgа аsоslаnilаdi:
Umumiy ball – 100 ball. Saralash bali – 55 ball. Joriy va oraliq baholashlarga – 70 ball, yakuniy baholashga – 30 ball.
Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi:
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
DTS va dasturlarini o‘rganib chiqish;
maktab adabiyot darsliklari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitiladigan o‘zbеk tili va adabiyoti yo‘nalishidagi darsliklar bilan tanishib chiqish;
о‘zbеk tili va adabiyotini o‘qitish nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or yutuqlarini bilish;
darsning ilmiy-nazariy asoslarini bilish;
dars va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslarini bilish;
darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish;
mustaqil va ijodiy fikrlay olish;
mavzular yuzasidan mustaqil mushohada yurita olish;
ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish;
o‘zbek tili va adabiyot darslarida milliy mafkura va mustaqillik g‘oyasini targ‘ib qilish;
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantira olishi.
Dostları ilə paylaş: |