GLOSSARIY
Adabiy mavzudagi insho (Literary work) – ta’lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida o‘tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma’lumotlarga o‘quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir
Adabiy nutq (Literary speech) – muayyan tarixiy bosqichlarda ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishidir
Batafsil bayon (Detailed work) – yozuvchi uslubiga xos xususiyatlarni: xarakterli tasviriy vositalar, detallar, uslubiy-sintaktik xususiyatlarni, iboralarni saqlagan holda to‘liq bayon etishni nazarda tutadi
Bayon (Essay) arabcha “aniqlik”, “ravshanlik’, “tavsiflash”, “ifodalash” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, o‘qib yoki aytib berilgan biror matn asosida yozib chiqilgan ish; yozma ish
Diktant (Dictation) lotincha dictare “hadeb gapiravermoq”, “takrorlamoq”; “aytib turib” ma’nolarini ifoda etadi. Imloviy va punktuatsion qoidalarning o‘zlashtirilish darajasini tekshirish uchun aytib turib yozdiriladigan yozma ish
Erkin mavzudagi insho (Essays which free topics) adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi
Ijodiy-tavsifiy matn (Literary-artistic text) – voqea-hodisa, voqelikka so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan munosabat asosida yuzaga keladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa-buyum va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardir. Insho ijodiy-tavsifiy matn turi hisoblanadi.
Imlo xatolari (Orthographic mistakes) – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Insho (Essay) - Ma`lum bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`z fikrlarini ifodalsh vositasi
Dostları ilə paylaş: |