Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə39/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
yozma ishlar

Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1) shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng: Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga otmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman;
2) uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat Gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi (P. T.);
3) ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Otam birdan samovarchiga buyruq beradi: – Musavoyga joy solib ber, ozodaroq yostiq qo‘y (O.);
Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda:
1) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: «Men u yil dehqonchilikdan hech narsa ololma­dim: kuzgi bugdoyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola bulut paydo bolib, boshoqlar kuyib, qovjirab ketdi». (S. A.);
2) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Xoja Giyosiddin Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarni gozal taqlid qildi: otirganlar orinlaridan qozgololmay qoldilar. (O.);
3) agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Qosimmurod aytardi: agar qorqmasang, eng odamxor daryo ham hech nima qilolmaydi – suvning ozi qirgoqqa chiqarib qoyadi. (O.);
Nuqtali vergul bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar tugal fikrni anglatib, bir-biriga mazmunan bog‘lanmagan hollarda qo‘yiladi: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorugi, hayot quvonchi – Hammasining asli, manbai – Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni voqealar bir-biriga qiyoslanganda ishlatiladi: Yaxshini yomon dema, olising bo‘lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.
Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin nuqtali vergul qo‘yiladi: Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanogi va «O‘zbekiston» degan yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; toglar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrogi tasvirlangan lenta tort xil rangda beriladi.
Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida nuqtali vergul qo‘yiladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin