Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


-MAVZU. YOZMA ISH DARSLARINI LOYIHALASHTIRISH



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə44/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98
yozma ishlar

12-MAVZU. YOZMA ISH DARSLARINI LOYIHALASHTIRISH
Reja:



  1. Yozma ish darslarini loyihalash bosqichlari

  2. Yozma ish darslarini loyihalashda AKT dan foydalanish

  3. Inshoni loyihalash bosqichlari



Tayanch so‘z va iboralar: loyihalash, yozma ishlar, nutqni o‘stirish, nutqiy kompetensiya, o‘qish texnikasi, tezis, muhokama insho, DTS, asosiy g‘oya

O‘quvchilarning bajargan ishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ular tomonidan erishilgan yutuqlarni rag‘batlantirib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etish yaqindan yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning faolligini oshirishda xatolarini to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borish bilan ularning o‘z kuchlariga, bilimlariga bo‘lgan ishonchni ortishiga erisha oladilar. Natijada ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi.


Ma'lumki, yozma ishlar o‘quvchi bilimini aniqlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Yozma ishlar orqali o‘quvchi bilimi va ularning bilimlarida yo‘l qo‘yilgan bo‘shliqlar aniqlanadi va bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Yozma ishlar 2 turga bo‘linib, ta'limiy va tekshiruv xarakterga ega bo‘ladi. Ta'limiy yozma ishlar o‘quvchilarga o‘tilgan mavzularni mustahkamlash, fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, bilimlarni chuqurlashtirish kabi vazifalarni bajarsa, tekshiruv diktantlari o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni to‘ldirish hamda baholash, berilgan bilimlarni mustahkamlashni ta'minlovchi ta'limiy shartlardan biri hisoblanadi.
Yozma ishlarni tashkil etishda AKTdan foydalanish ushbu dars zamon talablariga javob beradigan tarzda tashkil etilishiga, dars samaradorligini oshirishga yordam beradi, barcha o`quvchiga berilishi nazarda tutilgan materiallar ekranda namoyon etilishi yozma ish shartlarini tushuntirilishini osonlashtiriladi, darsga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. XTVning 2010 yil 20 iyuldagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasida o‘quvchilardan olinadigan tekshiruv yozma ishlari, ya'ni oraliq (ON) materiallari fan o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashlari materiallarni tayyorlashda bo‘limga mos shartlarni o‘zlari DTS talablari asosida tanlab olish, ya'ni bir xillikdan qochishni ta'minlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilimlari xususiyatidan va dastur talablaridan kelib chiqib, matnni tanlash imkoniyatiga ega.
Yozma ishlarni tuzishda o‘qituvchilar egallashi lozim bo‘lgan elementlar bilim, ko‘nikma va malakalarni, albatta, hisobga olgan holda tuzish kerak. Bunda ular ular quyidagicha yillik jadval qilib olishlari tavsiya qilinadi. Yozma ishlarni loyihalashtirish qaysi yozma ish turini o‘tkazayotganimizga bog‘liq. Masalan, hozir inshoni loyihlashtirilishi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Insho yozishning hech qiyin tomoni yo‘q, asosiysi – o‘quvchida o‘ziga yaqin va qiziqarli mavzuni tanlay bilish qobiliyatining rivojlangan darajada bo‘lishi sanaladi. Insho mavzulari maktab dasturidagi adabiy asarlar yoki umuminsoniy qadriyatlar haqida bo‘lishi buzilmas qoidaga aylangan. Har kim o‘ziga yoqqan mavzuni tanlashi mumkin. Insho yozma tafakkur va bilimlarga, shaxsiy tahlil, tajriba va hissiyotlarga asoslangan shaxsiy fikrni yozma tarzda ifodalashni nazarda tutadi.
Agar mavzu o‘quvchiga yaxshi tanish bo‘lsa, u bu haqda istagancha uzoq gapirishi mumkin. Mana shu davomli nutq va suhbatlarni qog‘ozga tushirish kerak.
Havoning global tarzda isib ketishi haqida nima deb o‘ylaysiz? Kumushni Abdulla Qodiriyning sevimli qahramoni deb hisoblaysizmi? Yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdingiz? Bu fikrlar darsliklarda bayon qilingan yoki o‘qituvchi tomonidan xattaxta yonida aytib turilgan fikrlarga mos kelmasligi mumkin, biroq ular mavjudlik huquqiga ega.
Insho reja talab qilmasa ham, har bir o‘quvchining ongida uning bayoni ma’lum darajada o‘z aksini topadi. O‘quvchidan inshoni yozishga kirisharkan, mavzu doirasidan chetga chiqmagan holda reja tuzib olishi kerak, olaylik, dastlab personajning xarakteri va biografiyasi haqida qisqacha ma’lumot berish, so‘ng epizodik bayonlar bilan uning xulqiga baho berilishi kerak. Keyin asar muallifining kundaliklar va xatlarida bayon qilingan fikrlarini keltirish joiz. Xulosada esa to‘qima obraz va zamonaviylik o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Inshoda uning mavzusiga mos keladigan iqtiboslar va hikmatli so‘zlardan ham foydalanish mumkin.
Matnga mavzuga mos tushadigan epigraf alohida ko‘rk bag‘ishlaydi, unga tanlangan iqtibos qisqa bo‘lishi va muallifga emas, balki insho matniga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Keng tarqalgan, ko‘p takrorlanadigan “qanotli so‘zlar”dan qochish lozim. Iboralardan epigraf sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Inshoni qanday qilib to‘g‘ri yozish haqida aniq bir qoida yo‘q. Insho hajmining minimum va maksimum darajasi berilishi mumkin yoki qancha so‘zdan iborat bo‘lishi belgilanishi mumkin, qolgani barchasi ijodiy fikrlash uchun qoldiriladi. Biroq zamonaviy, ma’lumotli, tilni yaxshi biladigan o‘quvchining inshosida nimalar bo‘lishi shart emasligi haqida gapirish mumkin, xolos.
Shunday qilib, yaxshi inshoda quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi kerak:
* g‘aliz leksik konstruksiyalar, sodda yig‘iq gaplar (mazmunni intonatsion ta’kidlash uchun qo‘llanilgan yig‘iq gaplar bundan mustasno);
* kamida ikkita xatboshida so‘zlar va so‘z birikmalarini asossiz takrorlash – o‘zbek tilida ma’nodosh so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi;
* juda ham murakkab sodda yoyiq (hatto butun bir xatboshini egallagan, butun bir tinish belgilar jamlanmasini to‘plagan) gaplar tuzish;
* yettita gapdan iborat bo‘lgan katta xatboshilardan foydalanish;
* bayon qilingan fikrni yana qayta yozish;
* fikrni mantiqsiz dalillash;
* hajvdan ortiqcha foydalanish;
* oddiy so‘zlashuv uslubi va slengdan foydalanish;
* “hujjatlar tili”ga xos qoli so‘zlardan;
* inson, narsa-buyum yoki hodisaga nisbatan “berilgan” so‘zini qo‘llash;
* me’yordan ortiq badiiylikka berilish, sifatlash va ko‘chimlardan ortiqcha foydalanish;
* imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yish
Hammasidan oldin mavzuni ochib beradigan tayanch tushunchalarning mavjudligi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, insho matnini hayotiy dalillar bilan mustahkamlash uchun asosiy g‘oyani shakllantirib olish lozim. Shuning qoralama nusxada inshoning namunaviy rejasini tuzib olish kerak. Ana o‘shanda ishni bajarish jarayonida o‘quvchi mavzuni yoritishda “chekkaga o‘tib ketmaydi”. Eslatib o‘tmoqchimizki, to‘g‘ri yozilgan insho uch qismga bo‘linadi. Quyida ana shu uch qismning o‘ziga xosliklari keltirilgan:

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin