Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


Diktant matnidagi sozlar miqdorini belgilashda undagi barcha sozlar hisobga olinadi. Oqituvchi diktant mavzui va maqsadini hisobga olib, matndagi sozlar miqdorini kamaytirishi yoki kopaytirishi mumkin



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə8/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
yozma ishlar

Diktant matnidagi sozlar miqdorini belgilashda undagi barcha sozlar hisobga olinadi. Oqituvchi diktant mavzui va maqsadini hisobga olib, matndagi sozlar miqdorini kamaytirishi yoki kopaytirishi mumkin.


3- MAVZU.


DIKTANT VA UNING TURLARI. DIKTANTGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Ona tili ta’limida diktantning o‘rni
2.Diktant va uning turlari
3.Diktantga qo‘yiladigan talablar


Tayanch so‘z va iboralar: diktant, imloviy savodxonlik, o‘qish texnikasi, nutqni tashkil etish texnikasi, matn mazmunini tushunish malakasi, mantiqiy tafakkurini o‘stirish
Diktant lotincha dictare “hadeb gapiravermoq”, “takrorlamoq”; “aytib turib” ma’nolarini ifoda etadi. Imloviy va punktuatsion qoidalarning o‘zlashtirilish darajasini tekshirish uchun aytib turib yozdiriladigan yozma ish. (O‘TIL, I, 611)
O‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirishda diktantning o‘rni katta. Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Diktant hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni muayyan sinf o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lishi va bog‘lanishli matn asosida tuzilishi zarur.
Ta’limiy diktantlar biror imlo qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan fonetik, so‘z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash, o‘quvchi ongiga singdirish va uni yozuvda qo‘llashga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Ta’limiy diktantlar sinfda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkaziladi.
Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra ta’limiy diktantlar 3 turga bo‘linadi:

  • orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlar:

  • nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan ta’limiy diktantlar;

  • nutq o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar.

Ta’limiy diktantlarning mazmuniga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:

    • ta’kidiy diktant

    • izohli diktant

    • erkin diktant

    • saylanma diktant

    • ijodiy diktant

    • lug‘at diktant

    • grammatik topshriqli diktant

    • izohli yozuv

    • yoddan yozuv (o‘z diktant)




Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin