III bosqich. Guruh a’zolari baholanadi. Adabiyotlar: O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
16-Mavzu:Bayon yozish uchun tavsiyalar va Bayonning baholash mezoni
Talabalar kichik guruhlarda ishlaydi. I bosqich. Guruh a’zolarini faollashtirish uchun savollar beriladi. 1-variant. Bayon nima?
2-variant. Ijodiy bayon deganda nimani tushunasiz?
3-variant. Bayon qanday baholanadi?
4-variant. Bayon yozish texnologiyasini izohlang.
II bosqich. Guruh a’zolariga topshiriqlar beriladi. 1-variant. Matnda qo‘llangan nutq tiplariga ko‘ra bayon turlarini “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida izohlang.
Tushunchalar
U qanday ma’noni anglatadi?
Vazifasi
Ma’lumot xarakteridagi bayon
Tavsif xarakteridagi bayon
Muhokama bayon
Batafsil bayon
2-variant. Bayon yozish uchun tavsiyalar asosida bayon yozing. O‘zaro almashgan holda bayonni tekshiring.
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing (eshiting).
Siz uchun tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ma’nosini aniqlang.
Matnning asosiy mazmunini anglab oling. Mazmunni yoritish uchun muhim bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va gap (jumla)ni toping.
Matnni qismlarga bo‘ling va ularga sarlavha qo‘ying.
Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini anglab oling.
Matnni yozishdan oldin yana bir bor o‘qib chiqing (yoki eshiting).