7.5. O‘zbekiston respublikasida yo’lovchi tashish xizmati tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi qaroriga ko‘ra 2021 yil 15 maydan 2022 yil so‘nggiga qadar eksperiment tariqasida haydovchidan tashqari to‘rtta o‘rindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati ko‘rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyat turlari ro‘yxatiga5 YaTT sifatida yo‘lovchi tashish faoliyati litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tashuvchilar:
21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil bo‘lishi;
transport vositasini texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishi;
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Shuningdek yakka tartibdagi tashuvchilar:
faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollamaydi;
litsenziya varaqasi uchun yiliga bir marotaba BHMning bir barobari (245 ming so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi;
2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m miqdorida qat‘iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi;
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tashuvchilar faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.
Bunda yakka tartibdagi tashuvchilar:
avtotransport vositasi tepasiga “TAXI” belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatishi;
to‘lovni amalga oshirish, shuningdek bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovali moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
Davlat soliq qo‘mitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar yengil avtotransport vositasida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, elektron yo‘l varaqalari, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan yakka tartibdagi tashuvchilar va texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalari to‘g’risidagi ma’lumotlarning idoralararo almashinuvi bo‘yicha yagona elektron platformani ishga tushirgan.
O‘zbekistonda avtotransport tizimi va transport xizmati takomillashtirilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochilib, yo‘l haqi to‘lash va transport harakatini nazorat qilishning zamonaviy elektron tizimlari joriy etilmoqda.So‘nggi uch yilda qariyb 3 mingga yaqin avtobus va 12 ming umumiy yengil avtomobil xarid qilindi va yo‘nalishlarga chiqarildi.– Rejaga ko‘ra, kelgusi besh yilda 300 dan ortiq yo‘lovchi yo‘nalishi ochildi, ularning 240 tasi shahar atrofida va shaharlararo qatnaydigan yo‘nalishlardir. 2021 yil oxirida avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 11,8 foizga ortib, 2 ming yo‘nalishni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Ularning 1600 tasi shahar atrofiga xizmat qiladigan va shaharlararo qatnaydigan marshrutlardir. 2017-2021 yillarda lizing kompaniyalari orqali imtiyozli bank kreditlari asosida 8,6 mingta yo‘lovchi transporti, jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalaniladigan yangi mikroavtobus xarid qilindi6.
Ma’lumki, davlat rahbarining 2018 yil 6 martdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi. 2018-2021 yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida 57 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochildi, 9 ta yangi avtostansiya qurildi, 82 ta yangi avtobus sotib olindi. Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga 5 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi7.
Yig ‘ilishda sohadagi islohotlarni davom ettirish, tumanlararo va shaharlararo yo‘nalishlarda, tuman markazi bilan olis qishloqlar o‘rtasida zamonaviy transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Xususan, joriy yilda tuman va yo‘nalishlar bo‘yicha transport xizmati ko‘rsatish faoliyati davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy operator-dispetcherlarga beriladi. Litsenziyaga ega va tender g’olibi bo‘lgan xususiy operator-dispetcher tegishli hudud yoki yo‘nalishda shartnoma asosida barcha transport xizmati ko‘rsatuvchilarni birlashtirib, ular uchun yagona platforma tashkil etadi. Yo‘lovchi kam yo‘nalishlarga transport qo‘yish davlat talabi etib qo‘yiladi.
Hududlarda transport yo‘nalishlarining 30 foizdan ortig’i ishlamayotgani, shu bois viloyatlarda 13 ta avtokorxona tashkil etib, ularga bu yil 400 ta, keyingi yil oxirigacha 780 ta «Isuzu» avtobusi sotib olish zarurligi ta‘kidlandi.