Vii bob. Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari l-§. Tashqi s iy o s a t yuritish davlatn in g muhim va zifa si


-§. Fuqarolik m a sa la si bilan shug'ullanuvchi davlat



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#168282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9bqW0oZeB8akWUt4FUsZTmYD6yJtkXyew5ttwpcn

7-§. Fuqarolik m a sa la si bilan shug'ullanuvchi davlat
organlari
Fuqarolik masalasi konstitutsiyaviy institut bo'lganligi uchun 
u n g a taalluqli ko'pgina m asalalar Konstitutsiyada belgilangan, 
bularg a yuqorida to'xtalib o'tdik. Fuqarolik m asalalarini hal qi­
lishda O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti alohida rol o'ynaydi. 
Konstitutsiy.amizning P rezid e n tn in g vazifa va vakolatlari belgi­
lan g an 93-moddasi 22-bandida P rezid e n tn in g Respublika fuqaro­
ligi m asalasini hal qilish vakolati ko'rsatilgan.
“Fuqarolik to'g'risida”gi Q o n u n n in g 29-moddasida fuqarolik 
to'g'risidagi ishlarni yurituvchi respublika davlat idoralari ro'yxati 
berilgan.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


Unga asosan fuqarolik ishlari quyidagilar tomonidan yuritiladi:
- O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti;
- O 'zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
- O 'zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Respub- 
likaning diplomatik vakolatxonalari va konsullik m uassasalari.
Q onunda u larn in g vakolatlari ko'rsatib qo'yilgan.
Unga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti respub- 
likamiz hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo'lm agan shaxslarni m am lakat fuqaroligiga qabul qilish to'g'risida; 
chet ellarda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan 
shaxslar O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimos- 
noma bilan murojaat qilgan taqdirda ularni O'zbekiston Respub­
likasi fuqaroligiga qabul qilish to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini tiklash to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi fuqaroli- 
gidan chiqarish to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
yo'qotish to'g'risida qarorlar qabul qiladi.
Ichki ishlar vazirligi va uning vakolatli idoralari 0 ‘zbekistonda 
doimiy yashovchi shaxslardan O'zbekiston fuqaroligiga o'tish ha- 
qida arizalar qabul qiladi. Fuqarolikka o'tish uchun keltirilgan dalil 
va hujjatlarni tekshiradi. Arizani zaru r hujjatlar bilan Prezident 
huzuridagi fuqarolik masalalari bo'yicha komissiyaga yo'llaydi. 
O'zbekiston hududida yashovchi shaxslarni mamlakat fuqaroligi­
ga mansubligini aniqlaydi. Respublikada yashovchi shaxslarning 
m am lakat fuqaroligini yo'qotganlik holatini qayd etadi.
O 'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik va 
konsullik m uassasalari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- chet ellarda doimiy yashovchi shaxslardan O'zbekiston 
fuqaroligiga o'tish haqida arizalar qabul qiladi;
- shu masala bo'yicha keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
- arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Prezident huzuridagi 
fuqarolik m asalalari bo'yicha komissiyaga yo'llaydi;
- chet elda doimiy yashovchi shaxslarning O'zbekiston 
fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
- chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O'zbekiston 
fuqaroligini yo'qotganligini aniqlaydi;
- O'zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab tu r ­
gan fuqarolarini hisobga oladi.
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqarolikka oid arizalar faqat O 'zb ekisto n Respublikasi Prezi- 
denti n o m ig a yozilib, ariza doimiy istiqom at qiladigan ichki ishlar 
idoralariga, chet elda esa, tegishli diplomatik yoki konsullik muas- 
sa s a la rig a topshiriladi.
Fuqarolik masalasini hal qilishda O'zbekiston Respublikasi Prezi- 
denti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi muhim rol o’ynaydi.
Bu komissiyani Prezident tuzadi va u fuqarolikka oid masala- 
larni dastlabki tarzd a ko'rib chiqish bilan shug'ullanadi.
Komissiya fuqarolikka oid ariza va ta q d im n o m alarn i ko'rib 
chiqish paytida ariza b eru v ch in in g dalillarini, taqdim nom aning 
m a zm u n in i, davlat idoralari va jam o at ta sh k ilo tlarin in g xulosala- 
rini va boshqa hujjatlarni xolisona baholaydi.
A g ar fuqarolikka o 'ta y o tg a n s h a x s Q o raqalpog'iston Respub- 
likasiga borib yasham oqchi bo'lsa, Q o raqalpog'iston Respublika­
si Vazirlar K engashining shu m asala yu zasidan fikrini e’tiborga 
oladi, sh u n in gd ek Q o raq alp o g 'iston d a u n g a ish, tu r a r joy berish 
imkoniyatini ham e ’tiborga oladi.
Komissiya k o 'rilayotgan ish bo'yicha tegishli davlat idoralari- 
dan, ja m o at ta sh k ilo tlarid an q o 'sh im ch a m a teria llar talab qilib 
olishga haqli.
Komissiya har bir ariza yoki taq d im n om a yuzasidan Prezi- 
dentga taklif kiritadi, taklif fuqarolikka qabul qilish yoki rad etish 
m azm u n id a bo'lishi m um k in .
Fuqarolik masalalari y u zasid an O 'zbekiston Respublikasi 
Prezidenti F arm onlar qabul qiladi. Farm onda boshqa muddat bel- 
g ilan m ag a n bo'lsa, fuqarolikdagi o'zg arish lar (qabul qilish, tiklash, 
to'xtatish) farmon chiqarilgan k u ndan e ’tiboran boshlanadi. Tak- 
roriy ariza, qoida tariqasida, shu m asalag a oid avvalgi ariza ko'rib 
chiqilgandan so 'n g bir yil o 'tg ac h ko'rib chiqiladi.
Fuqarolik masalalari bo'yicha ariza berish tartiblari “Fuqarolik 
to ‘g ‘risida”gi Q onunda batafsil belgilangan.
C het el fuqarolari va fuqaroligi b o 'lm ag an shaxslar, Konstitu­
tsiy ag a asosan, K onstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlar- 
ni bajarishga majbur.
Ko'rinib turibdiki, fuqarolik sh a x s n in g huquqiy holatini aniq- 
lashda m u h im sh a rt hisoblanadi. S h ax s fuqaro bo'lsagina u barcha
144
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquqlardan to'la foydalana oladi va jam iyatning rivojlanishi, mam- 
lakatning xavfsizligini t a ’minlashga qaratilgan burchlarni bajaradi.
S h a x s n in g fuqaroligi uni dunyoning qayerida yashashidan 
qat’i nazar, huquq va manfaatlarining himoya qilishga asos bo'ladi.
Ya’ni, fuqarolarning fuqaroligi bo'lm agan shaxslarga nisbatan 
himoyalanish imkoniyatlari kengroqdir.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin