-
fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tuzilma-
lari faoliyatiga ko'maklashish.
Avval aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta ’minlashda sud
organlarining faoliyati alohidadir. “Sudlar to‘g ‘risida”gi Qonunda
sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar huquqlarini
himoya qilish deb
ko'rsatilgan. Boshqa davlat organlarining faoliyatiga tegishli qo-
nunlarda ham fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini ta ’minlash
vazifasi mavjudligini ko‘ramiz.
K onstitutsiyaning 100-moddasida, mahalliy hokimiyat organ-
lari ixtiyoriga kiritilgan vazifalar qatorida, fuqarolarning xavfsiz
ligini t a ’m inlash ko‘rsatilgan, bu “Mahalliy
davlat hokimiyati
to‘g ‘risida”gi Q on u n d a yanada kengroq ifodalangan. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya
vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzil-
malar tashkil qilingan va ular samarali faoliyat ko'rsatmoqda.
2011-yil 23-avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya va
zirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘ri-
sida”gi O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorida norma ijod-
korligi va huquqni qo'llash amaliyoti sohasida fuqarolarning kons
titutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, Adliya
vazirligining asosiy vazifalaridan qilib belgilandi.
O 'zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy
institutlar tizimi yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yi-
cha vakili (O m budsm an) va Inson huquqlari bo'yicha О zbekiston
Respublikasi milliy markazi inson
huquqlarini himoya qilishda
muhim rol o'ynovchi milliy institutlardandir.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari
nafaqat m am lakat ichkarisida, balki, boshqa mamlakatlar hudu-
dida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.
Bu vazifani bevosita
0 ‘zbekistonning chet mamlakatlardagi diplomatik va konsullik
idoralari bajaradi. O'zbekiston fuqarolari chet ellarda surishtiruv,
tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ular
ni huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta ’minlash
choralarini
ko'rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: