VII sinf ona tili II chorak uchun 1. Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xerodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan.
A. uchun, bilan B. qadar, singari C. to'g'risida, kabi D. haqida, orqali
2. Bilan ko'makchisi vosita ma'nosini anglatgan birikmalar qatorini aniqlang.
A. quvonch bilan kirmoq. qunt bilan o'rganmoq B. shoirlar bilan uchrashuv, kitob bilan muloqot
C. g'ayrat bilan ishlamoq, mas'uliyat bilan yondashmoq D. pochta bilan jo'natmoq, poezd bilan bormoq
3. Qaysi qatordagi ko'makchili birikmalar holat ma'nosini ifodalagan?
A. qalam bilan chizmoq, do'stim bilan bormoq B. diqqat bilan tinglamoq, mehr bilan qaramoq
C. xalq bilan birga, bolalar bilan kuylamoq D. tinchlik uchun kurash, kitobni o'qimoq
4."Uning hovlisini ko'rib, Saidaning og'zi ochilib qoldi". Usgbu gapdagi qaratqichlarni toping.
A. hovlisini, og'zi B. hovlisini, Saidaning C. uning, Saidaning D. og'zi, uning
5. Aqlli( -dan. -ning, -ni) suhbati( -ga, -din, -ka) jon olur so 'z. Zarur qo'shimchalarni qo 'ying.
A. -ning. -din B.-ning, -ga C. -dan. -ga D.-ni, -din
6. Egalik qo 'shimchalarini olgan ismlarga bog'lanuvchi so'z qanday shaklda keladi?
A. tushum B. o'rin-payt C. qaratqich D. bosh kelishik
7. Atash ma'nosiga ega bo'lmagan, ma'lum so'roqqa ja'vob bo'lmaydigan, gap bo'lagi vazifasida kelmaydigan so'zlar qanday nomlanadi?
A. Mustaqil so'zlar B. Yordamchi so'zlar C.Taqlid so'zlar D. Olmoshlar
8. Yordamchi so'zlarga nimalar kiradi?
A.Taqlid, undov, modal so'zlar C. Ko'makchi, bog'lovchi, modal so'z
B. Sifat, ravish, olmosh D. Ko'makchi, bog'lovchi. yuklama
9. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiluvchi so 'zlar qanday nomlanadi?
A. Bog'lovchi B.Yuklama C. Ko'makchi D. Modal so'z
10. Bosh va jo'nalish kelishigi shaklidagi ismlarga bog'lanadigan ko'makchi qaysi?
A. ko'ra B. asosan C. tomon D. doir
11. Ismlarning qaysi qo'shimchalarga ega bo'lgan,shakllari munosabat shakllari deb ataladi?
A. egalik qo 'shimchalariga ega bo'lgan shakllari B. kelishik qo 'shimchalariga ega ba'lgan shakllari
C. -man, -san, -dir qo 'shimchalariga ega bo 'lgan shakllari D. barchasi to'g'ri.
12. Turlanish haqida bildirilgan qaysi fikr to'g'ri?
A. ismlrning egalik qo 'shimchalari bilan shaxs va sonda o 'zgarishi turlanish deyiladi
B. ismlarning kelishik qo'shimchalari bilan o 'zgarishi turlanish deyiladi
C. ismlarning ko 'plik qo 'shimchalarini olib o 'zgarishi turlanish deyiladi D. A va B.
13. Quyida berilgan qaysi so'zlar ismlarning munosabat shakllarini hosil qilishda qatnashadi?
A. bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq C. kerak, shart, edi
B. mumkin, zarur, lozim D. barchasi to'g'ri.
14. Qaysi qo'shimchalar bog'lamalar deb yuritiladi?
A. egalik qo 'shimchalari C. -man, -san, -dir qo'shimchalari
B. kelishik qo 'shimchalari D. barchasi to'g'ri.
15. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo'llangan 3-shaxs egalik qo'shimchalari qanday ma'noni ifodalaydi?
A. xoslik B. umumdan ajratilganlik C. qarashlilik D. A. B.
16. Qaratqich kelishigi qo'shimchasi tushirilishi mumkin bo'lmagan holatlar qaysi javobda berilgan?
A. kuzning havosi, salomatlikning garovi, bozorning bahosi B. maktabning bog'i. insonning husni, bolaning tarbiyasi
C. bizning shahar, Ahmadning kitobi, o'qiganning foydasi
D. g'o 'zaning bargi, tarbiyaning ahamiyati, tinchlikning garovi
17. Tushum kelishigini olgan so’z doim qanday fe'llarga bog'lanadi?
A. o 'timli fe 'llarga B. o 'timsiz fe 'llarga C. bo 'lishsiz fe 'llarga D. o 'tgan zamon fe ‘llariga
18. Jo’nalish kelishigidagi otlar qanday vazifalarda keladi?
A. bunday otlar har doim to'ldiruvchi vazifasini bajaradi
B. bunday otlar nega? so'rog'iga javob bo'lib sabab holi, qachonga?
so 'rog 'iga javob bo'lib payt holi, qaerga? nimaga? so'roqlariga javob bo'lib, to'ldiruvchi vazifalarini bajaradi
C. bunday otlar har doim to'ldiruvchi vazifasini bajaradi
D. bunday otlar qayerga? so 'rog'iga javob bo'lib o'rin holi, qachon? so'rog'iga javob bo'lib payt holi, kimga? nimaga? so'roqlariga javob bo'lib, to 'ldiruvchi vazifalarini bajaradi
19. O'rin-payt kelishigi qo'shimchasi qanday otlarga qo’shilishi mumkin?
20. Singlim men senga baxt tilayman. Ushbu gapda qanday tovush o’zgarishi mavjud?
21. Kimdir, allakim, allaqaysi so’zlari qaysi so’z turkumiga oid?
22. Ismlarning munosabat shakllari deb nimaga aytiladi?
23. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo’shimchalari nimani bildiradi?
24. Turlanish nima?
25. Jo’nalish kelishigi o’rin-joy otlariga qo’shilganda gapda qanday vazifada keladi?