Vijdon va diniy e’tiqod erkinligining mazmun va mohiyati. Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (5-modda). Diniy e’tiqod - insonning bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zbekiston Respublkikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998-yil 1-mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi”. Shuningdek Qonunning 3-moddasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar”,- deyilgan. ”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” gi qonunning yangi tahriri.“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qo‘yilgan taqiq bekor chiqarilib, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2021-yil 5-iyul kuni yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunga imzo chekdi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan shu yilning 4-may sanasida, Senat tomonidan esa 26-iyunda qabul qilingan edi. Qonun matni va uning sharhi “Xalq so‘zi”5 gazetasida e’lon qilindi.Mazkur qonun vijdon erkinligi me’yorlarini aniq ko‘rsatib, fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, har qanday dinga zo‘ravonlik bilan kiritishni taqiqlaydi.Demokratik davlatlar qatorida, qonun ustuvorligi tamoyilidan kelib chiqib O‘zbekistonda ham dinning siyosatga aralashishi hamda dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda aniq ko‘rsatib o‘tilgan.Qonunni tayyorlashda shu boradagi xalqaro me’yor va talablar, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari puxta o‘rganilib, ulardagi asosiy qoida va tamoyillar inobatga olingan.Tarixan shakllangan an’ana, urf-odat va qadriyatlarni inobatga olgan holda, qonunda - Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalar o‘z aksini topgan. Qonun bir nechta muhim yangiliklar va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishni o‘z ichiga olgan:
“Qonun asosida diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish bilan bog‘liq tartib soddalashtirilmoqda”.
Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar va boshqa konfessiyalarning ibodatxonalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo‘lmagan holda etib belgilandi. Shuningdek, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalarini tuzish uchun ham 100 nafar tashabbuskor bo‘lishi haqidagi talab bekor qilindi.Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar to‘liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi.Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni ko‘rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya’ni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi.
23-moddada diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari belgilanib, unda ko‘rsatilmagan asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanadi.Shu bilan birga, diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi, ro‘yxatdan o‘tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi kabi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutildi. Bu ham ilgari tariximizda bo‘lmagan mexanizmlardir. Har qanday shaxsning «o‘zicha» aholiga diniy ta’lim berishi — noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib keladi.