O’lchamlari. Qizil poycha (zveroboy)niki esa – 0,5 m. Daraxt va butalarning o’sish balandligi va tepa qismining diametriga ko’ra (etuk holatida) quyidagi tasnifi umum qabul qilingan hisoblanadi.
Uchinchi kattalikdagi daraxtlar – (5-120 m) igna bargli: kanada archasi, uzun bargli qora archa, Banke qarag’ayi, yaproq bargli: oddiy behi, tatar zarangi, oddiy chetan (ryabina), Yaponiya safarasi, oddiy shumurt, mevali olma, turli xil do’lanalar, al’bitsiya (lenkoran akatsiyasi), kanada do’lanasi.
Baland. Doim ko’m-ko’k: oddiy qora archa, mikrobiota, sharq biotasi, yaproq bargli: sariq akatsiya, yevropa bereskleti, qora buzina, qizil buzina, oddiy kalina, Ginnal zarangi, leshina, ingichka bargli lox, oddiy nastarin, qalin sumax (sirka daraxti).
O’rtacha kattalikdagi butalar (1-2m). Igna bargli: tog’ qarag’ayi, biota. YAproq bargli: yapon behisi, oddiy zirk (barbaris), spireya, qorag’at (smorodina), farzitsiya, hidli sumax, kornus, deren.
Past butalar (0,5-1m.). Igna bargli: qozoq qora archasi, magoniya (doimo ko’m-ko’k o’simliklardan). YAproq bargli: har xil deytsiya, drok, past bodom (adir bodomi), yapon spireyasi, yapon behisi.
Uchinchi kattalikdagi daraxtlarda tepasi tor bo’ladi (diametri 2-5m). Lekin bu qoidadan istisnolar ham bor. Birinchi kattalikdagi daraxtlar orasida tepa qismi ingichka piramidasimon yoki ustunsimon bo’lgan daraxtlar bor (ustunsimon eman, piramidasimon kiparis, ustunsimon terak, piramidasimon terak, ularning balandligi 20-30 m bo’lgan holda yuqori qismining diametri 2-3m). Ayrim uncha baland bo’lmagan turlarning tepa qismi keng shoxlangan bo’ladi past bo’yli butada – 0,5-1m.
O’sish tezligi. O’sish tezkorligi – yog’och o’simliklarining muhim xususiyatidir. Tez o’suvchi daraxtlar va butalar ertaroq dekorativ va sanitariya-giigenik samara beradi va ertaroq himoyaviy xossalarni namoyon etadi. Tepa qismlarining tez bir-biriga qo’shilishi tuproqqa ishlov berishini ertaroq to’xtatishiga imkon berib, ekinlarni yaratishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Daraxlarining ko’payishi uch yo’nalishda kechadi: balandligi bo’yicha, tepa qismining kengligi (diametri bo’yicha va yo’g’onligi (poyasining diametri)) bo’yicha.
Xiyobonlarga o’tqazish uchun daraxt tanlashda balandligi, poyasi yo’g’onligining ortishi va tepasining kengligi e’tiborga olinadi, yakka daraxt o’tqazish uchun esa – balandlik va tepa qismining eni bo’yicha o’sishi. Turli yog’och navlarida o’sish kattaligi turlichadir, lekin barcha turlarda umumiy qonuniyat kuzatiladi: daraxt hayotining birinchi yilida yillik o’sish uncha katta bo’lmaydi, keyin asta-sekin ortib boradi, ma’lum yoshga yetganda eng katta qiymatga erishadi, keyin asta-sekin kamayadi, qariganda to’xtaydi. Daraxtlarning ko’pchilik turlarida yuqoriga qarab eng ko’p jadal o’sish 10 dan 20-30 yoshgacha kuzatiladi, daraxtda poya va shoxlarning bir yillik o’sishi uning jadal o’sishining ob’ektiv ko’rsatkichi bo’ladi (muhitning optimal sharoitida). Aynan bir turdagi daraxtda poya va shoxlarning yillik o’sish kattaligi muhit sharoiti, issiqlik miqdori, yog’ingarchilik, sug’orish va yorug’lik, tuproq turi va qo’llanilayotgan agrotexnikaga kuchli bog’liqdir. Amaliy maqsadlar uchun daraxtlarning o’sish tezligi bo’yicha quyidagi tasnifini qabuli qilish mumkin:
Juda tez o’suvchi – (novdasining yillik o’sishi 2m va undan ortiqni tashkil etadi). – evkalipt, qora terak, piramidasimon terak, kanada teragi, bal’zam terak, tog’terak, oq poya, vavilon toli, aylant, oq akatsiya, gleditsiya, ignabargli zarang, shakarli zarang.
Tez o’suvchi (novdalarning yillik o’sishi 1m va undan ortiq) – yaproq bargli: qora yong’oq, gretsiya yong’og’i, pensil’vaniya zarangi, al’bitsiya, ajoyib katal’pa, tut, maklyura, chinor, lola daraxti, g’adir-budir qayrag’och, mayda bargli qayrag’och, igna bargli qrim qayrag’ochi, eldar qayrag’ochi, veymut qarag’ayi, ikki parrakli ginkgo.
O’rtacha o’suvchi (novdaning o’sishi 0,6 m va undan ortiq) – yaproq bargli: silliq qayrag’och, bargli qayrag’och, qayrag’och, o’tkir bargli zarang, dala zarang, eman, oddiy nok, yirik bargli jo’ka; ignabargli: Engel’mon archasi, tikanli archa, Virjiniya qora archalari.
Sekin o’suvchi (novdalarning o’sishi 0,25 -0,3 m ga yetadi) - yaproq bargli: mayda bargli nok, sibir olmasi, pista, barg tashlovchi magnoliya; ignabargli: sharq biotasi, O’rta Osiyo qora archalari.
SHuni nazarda tutish zarurki, yosh davrida sekin o’suvchi jinslar ancha yetuk yoshida o’sish ilgariroq to’xtamaydigan tez o’suvchi jinslardan olib ketishlari ham mumkin. Ko’pchilik daraxtlarda tepa qismining eniga qarab o’sish balandlikka qarab o’sishdan orqada qoladi, lekin balandlikka o’sish to’xtaganidan keyin ham davom etadi. Daraxt navlari poyasi yo’g’onligining eng tez o’sishi yuqoriga qarab o’sishi jadalligi davri bilan yoki mos tushadi, yoki ko’pincha kechroq boshlanadi va uzoqroq davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |