Viloyat markazidan saylgoh dam olish maydoni hiyoboni barpo etildi



Yüklə 139 Kb.
səhifə2/7
tarix15.04.2023
ölçüsü139 Kb.
#98500
1   2   3   4   5   6   7
arx qismi

Arxitektura qismi
Tanlangan mavzuning dolzarbligini ilmiy asoslash:
Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshaft yechimini loyihalash bugungi kunda majmua xududini o’zgartirish yoki tiklash choralarini, ko’kalamzor xududlar kompleks tizimini tashkil etishni batafsil ishlab chiqishdan tashqari oldindan butun landshaft loyihalash qo’riqlanadigan landshaft qismlarini va turli xil o’zgarishga uchragan qismlarni belgilashni maqsad qilib, xududni landshaft yechimi loyihasi ishlandi. Diplom mavzusi bugungi kunning dolzarb maslalaridan biridir.
Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshaft yechimi talablarga to`la javob bera - olmasligi, me’moriy majmuaga keluvchilarning ko`ngilli dam olishi uchun tinch dam olish joylari, artofini kislorod bilan boyitib turuvchi ko`kalamzor maydonlarning kamligi, aholi bo`sh paytlarida, bayramlarda sayr qilishida katta muammolarni keltirib chiqarayotganligi yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishga olib keladi.
Loyihaning maqsadi va vazifalari:
Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshaft yechimini yaratishdan oldin an’anaviy landshaft talablari o`rganiladi va iqlim sharoitidan kelib chiqqan shu hududga xos bo’lgan holda loyihalanadi.
Ulli xovli majmuasining landshaft yechimini loyihalashda iqtisodiy tejamkorlik masalalarini e`tiborga olish lozim. Landshaft yechimi loyihalanadigan hudud tarixiy me’moriy majmua ekanligi e`tiborga olinishi kerak, majmuada aholining madaniy dam olishi uchun bog’ yaratish maqsadida amalga oshirish hamda holat tarixi bo`yicha mavjud loyiha asosida yangi loyihaviy taklif berishdan iborat.
Loyiha obyekti va predmetini aniqlash:
Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshaft yechimi loyihasini ishlashda yangi loyihaviy taklif berilgan majmuaga keluvchilarning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Loyiha usuli yoki uslubiyatni tanlash:
Loyihalanayotgan diplom ish mavzusi Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshaft yechimi loyihasini ishlash bo`lib u Xiva tumanida Ichan Qal’aning sharqiy tomonida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasasining landshafti bo`yicha loyiha tayyorlanadi Loyihalanayotgan xudud maydoni 3.5ga dan iboratdir.
Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasa landshaft yechimi loyihasini ishlashda bir qator: funktsional, badiiy-estetik konstruqtiv, sanitariya - gigiena, yong`inga qarshi, zilzilaga qarshi, iqtisodiy va boshqa talablar qo`yiladi.
Bosh rejada ajratilgan maydon mavjud bo`lib, sharqqa tomon lentasimon cho`zilgan, loyihalanayotgan majmua xududi landshaftini loyihalashda xududning asosiy janubiy g`arb va shimoliy tomonga qarata manzarali daraxtlar loyihalangan. Majmua xududida qazilma ishlari olib borilayotgan paytda Raximqulixon madrasasining poydevor qismi topilgan va shu binoni qaytadan tiklash va uning orqa tomonida hovuz bo’lganligi munosabati bilan shu binolarni qaytadan qurish taklifini berdim. Masjid atrofida ko’kalamzor hudud barpo qildim va kichkina bozorcha uchun hudud va besetkalarni loyihaladim.
Bog’ yo’laklari o`rindiqlar, dam olish joylari mavjud.Bog’ga ajratilgan ko`kalamzor xudud Xorazm iqlim sharoitida o`sadigan va manzarali daraxtlar bilan obodonlashtirishgan.

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin