Loyiha natijalarini tahlil qilish:
Xiva tumanida Said Niyoz Sholikorboy masjid madrasa landshaft yechimi loyihasini ishlashga bir qator: badiiy-estetik konstruktiv, sanitarik gigena, yong`inga qarshi, ichimlik suv tarmoqlari, chiqindilarni olib ketish mashinalari uchun yo`llar, maydonni madaniy o`g`itlar bilan ta`minlashda texnikaning kirish chiqish yo`llari, elektr tarmoqlarini o`tkazishda havfsiz xudud tanlanishi, iqtisodiy va boshqa talablar qo`yiladi.
Loyihalashga qo`yiladigan funktsional va badiiy-estetik talablar bog’ loyihasida turli-xil manzarali va mevali daraxtlarning ekilishi, daraxtlarga turli-xil dizayn landshaft usulida pardoz berishdan iborat. Funktsional talablar majmua xududlarining dam olish, tinch, tomosha va boshqa hududlar bilan bog`lanish orasidagi qulay funktsional bog`lanishlarni o`z ichiga oladi. Badiiy- estetik talablar kichik arxitektura inshootlarining arxitekturaviy kompazitsion tuzulishiga, bog’ga ekilgan gullarning rang-barangligi uning atrof-muhit va tabiiy langshaft bilan uyg`unligiga qo`yiladigan talablaridir.
Sanitariya gigiena talablari:
Majmuaning landshaft loyihasida chiqindilarni tashlash uchun maxsus joyining bo`lishi, yo`laklar chekkalarida axlat tashlash maxsus yashiklar uchun joy o`rnatilishi, kechqurun bog’ xududini suniy yoritish uchun ma`lum bir, balandlikda yoritkichlarning o`rnatilishi, kanalizatsiya quvurlarining belgilangan joydan o`tkazilishi, ichimlik suvlarining maxsus loyihalanishi kabi talablarni o`z ichiga oladi.
Bosh rejada ajratilgan maydon mavjud bo`lib, loyihalanayotgan majmua xududi maydoni ko`kalamzor qilingan bo`lib Xorazm iqlim sharoitida o`sadigan va manzarali daraxtlar bilan obodonlashtirilgan.
Zamonaviy landshaftlarni yaratishdan oldin aholining demografik tarkibi o`rganiladi va ularning talab va ehtiyojlarini amalga oshirish iqlim sharoitidan kelib chiqqan xolda loyihalanadi. Landshatni loyihalashda iqtisodiy tejamkorlik masalalarini e`tiborga olish lozim.
Yo`llarning kengligi 1,5-2 m qilib loyihalandi. Hududga manzarali daraxtlar ekilib ko’rkamlik va havoni musaffoligini ta’minlab beradi.
Bog`
Dostları ilə paylaş: |