Viloyati hokimligi xalq ta’lim boshqarmasi xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi



Yüklə 484,09 Kb.
səhifə5/18
tarix22.10.2023
ölçüsü484,09 Kb.
#159469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Amaliy fanlar metod birlashma hujjatlari 2022-2023.docx (1)

2-§. Metodik kunlar

  1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fan o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o'z bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.

  2. Metodik kunlar Respublika ta'lim markazi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limlari tomonidan online shaklda ham tashkil etilishi mumkin.

  3. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fan o'qituvchilarining metodik kunlari quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:

T/r

Metodik kunlar

Mutaxassisliklar.

1.

Dushanba

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o'qituvchilari

2.

Seshanba

Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O'zbek tili/rus tili) o'qituvchilari

3.

Chorshanba

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o'qituvchilari

4.

Payshanba

Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o'qituvchilari

5.

Juma

Xorijiy tillar o'qituvchilari

6.

Shanba

Amaliy fanlar va boshlang'ich ta'lim (tasviriy san'at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik) o'qituvchilari

  1. Fan o'qituvchilari metodik kunlarda o'z fani bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar to'playdi, faniga doir turli seminarlarda ishtirok etadi, boshqa fan o'qituvchilarining darslarini kuzatishi mumkin.

  2. Metodik kunlarda dars jadvaliga tegishli fan o'qituvchilarining darsi qo'yilmaydi. Istisno tariqasida, o'quvchilari ko'p bo'lgan, fan xonalari kam bo'lgan va kadrlar yetishmaydigan umumiy o'rta ta'lim maktablariga metodik kunlarda dars jadvaliga dars qo'yishga ruxsat etiladi.

  3. Fan o'qituvchilaridan metodik kunlar bo'yicha birorta hujjat talab qilinmaydi.


Yüklə 484,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin