Shavkat MIRZIYOEV
Birinchidan,
Taraqqiyot strategiyasi loyihasi xalqimizning yuksak ishonch va e’tirofiga sazovor
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovoldi dasturi, ya’ni «Yangi
O‘zbekiston strategiyasi» asari hamda Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan maqsad va vazifalar
asosida ishlab chiqilgan.
Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash
maqsadida
«Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari»
degan tamoyil asosiy g‘oya
va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Shavkat MIRZIYOEV
Ikkinchidan,
Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va
erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning
yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi
«inson – jamiyat –
davlat»
degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Bu – bejiz emas.
Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga
chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar.
Dostları ilə paylaş: