Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi


Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
3-Sinf

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 
MMIBDO‘
: __________________ 
 
 
 


 
Sana:
8-mavzu:“Ona tilga ehtirom”. 
(O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati 
bilan)
 
I.Kirish: 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
Yosh avlodni ona zaminga,ona tiliga mehr,g`ururlanish ruhida 
tarbiyalash.Kattalarni hurmat,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish,sof o`zbek tilida so`zlashishga o`rgatish. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya 
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Kun shiori:Ona tili-millat ruhi 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism: 
a)Psixologik muhit yaratish. 
b)Navbatchi hisoboti. 
II.Asosiy qism: 
Aziz bolajonlar!Bugungi darsimizni “Ona tilga ehtirom” deb atadik. 
Deyarli hamma hayvonlar,parranda va hasharotlarning ham tili bor.Til issiq sovuqni,ta`m-mazani 
biluvchi,ovqatlanishda ishtirok etuvchi a`zo. 
Insonda esa bulardan tashqari nutq tovushlarini hosil qiladi,ya`ni so`zlash qobiliyati til orqali amalga oshadi. 
Yer yuzida qancha millat,xalq,elat,qabila bo`lsa,shuncha til bor.Tilsiz xalq 
yo`q,xalqsiz esa til bo`lmaydi.
Til insonlar o`rtasidagi aloqa,fikr ifodasi,insonlarning bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi. 
Bobomiz Alisher Navoiy so`zning yumshoq,go`zal,nafisligi va inson ruhiyatiga ta`sirini shunday tasvirlagan 
edilar: 
So`zdadur har yaxshilikning imkoni bor 
Mindin debdilarki,nafasning joni bor. 
O`zbek tili o`z millati,o`z xalqi,o`z ruhiyatini,g`ururini,kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy 
tildir. 
Savol:Qani ayting-chi,O`zbekiston Respublikasida davlat tili qaysi til? 
Javob:O`zbekiston Respublikasida davlat tili – o`zbek tili. 
Savol:O`zbekiston Respublikasida,”Davlat tili to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 
Javob:1995 –yil 21-dekabrda.Respublika Oliy Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi” Davlat tili 
to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilindi. 
Savol:Qachon o`zbek tiliga davlat maqomi berildi? 
Javob:1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin