Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
3-Sinf

Tayanch kompetensiyalar
:
 
Fanga oid kompetensiyalar: 
shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish va umummadaniy kompetesiyalarining 
elementlarini shakllantirish. 
II.Asosiy qism
Ovqatlanishning ahamiyati. Ovqatlanish to‘g‘risidagi fan - nutritsiologiya - va uning amaliy 
jihatlari hozirgi zamon jamoat sog‘lig‘ini saqlashning muhim qismi sanaladi.
To‘g‘ri, ratsional ovqatlanish va energetik balansni saqlash ko‘pgina noyuqumli kasalliklarning oldini 
olishni poydevori hisoblanadi. Ratsional ovqatlanish: insonning jinsi, yoshi, ish xususiyati va boshqa 
omillarni hisobga olgan holda, yuqori jismoniy va aqliy ish qobiliyatini, tashqi muhit zararli ta’sirlariga 
qarshilikni oshiruvchi va uzoq umr ko‘rishni ta’minlovchi, sog‘liqni saqlashga yordam beruvchi fiziologik 
to‘la qiymatli ovqatlanishdir. 
Ratsional ovqatlanishning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:
-ovqat ratsionining energetik qiymati; 
ovqat ratsionining asosiy komponentlar bilan muvofiqlashtirilganligi (oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, 
uglevodlar, mikroelementlar); 
-rejali ovqat iste’mol qilish va uning iste’mol sharoiti. 
Sog‘lom ovqatlanish, ortiqcha ovqatlanish, etishmaydigan ovqatlanishlar tafovut qilinadi.
Sog‘lom ovqatlanish - urf - odat, an’anani hisobga olib turli aholi guruhlarining ratsional ovqatlanishida 
ilmiy asoslangan, ehtiyojni qondiradigan, kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni mustahkamlashga yordam 
beradigan, turli ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga asoslangan ovqatlanish. SHaxsga nisbatan, sog‘lom 
ovqatlanish ratsional ovqatlanishning sinonimi sifatida qaraladi.
Ortiqcha ovqatlanish - bu ovqat mahsulotlarini muntazam ravishda haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish 
(masalan: tuz, yog‘, qandlar va boshqa) yoki ovqat ratsionining energetik qiymatini jismoniy talabga to‘g‘ri 
kelmasligi. 
To‘laqonli ovqatlanmaslik - miqdor jihatidan kam yoki sifati past ovqat moddalari yoki alohida 
komponentlarni qabul qilish, ovqat ratsionining kaloriyasi fiziologik ehtiyojni qondirmaydi. 
Sog‘lom turmush tarzining muhim shartlari. 1 - shart. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish: Bu - kundalik 
iste’mol qiladigan oziq - ovqatlarni kishi tanasidagi fiziologik, biologik talablar asosida tashkil etish. To‘g‘ri 
ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan 
inson tanasiga og‘irlik qilmasligi, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan 
ta’minlay olishi lozim. 


 
2 - shart. Hayot - faol harakatdadir: Inson kundalik hayotida jismoniy mashqlar, sport o‘yinlari, tanani 
chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning tanasidagi fiziologik, biologik jarayonlar 
tezlashadi va oqibatda kayfiyati ko‘tariladi, ishchanligi ortadi. SHubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
3 - shart. Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish: Koinotda tabiiy hodisalar ma’lum bir tartib 
asosida takrorlanadi. Xususan, quyoshning har kuni ma’lum vaqtda chiqishi va botishi, yil fasllarining har 
yili takrorlanishi tabiatdagi barcha harakatlarning ma’lum bir tartibga bo‘ysuntirilganligi misol bo‘la oladi. 
Xuddi shuningdek, tartibli harakatlar kishi tanasida ham sodir bo‘ladi. Misol uchun, yurakning har daqiqada 
70 - 75 marotaba bir maromda urishi, nafas olishning bir daqiqada 16 - 20 marta takrorlanishi kishi tanasida
ma’lum bir qonuniyat borligidan darak beradi. Bunday tartibga solingan biologik hodisalar 100 dan ortiq. 
Odam tanasi to‘qimalaridagi o‘zgarishlar ham shu qonuniyatga bo‘ysunadi. Demak, tabiatdagi va 
tanamizdagi hodisalar o‘ziga xos qoidalarga amal qilar ekan, biz kundalik turmushimizni ma’lum bir tartib 
asosida tashkil etishimiz va bu tartib tanamizdagi o‘zgarishlarga mos bo‘lishi kerak. Misol uchun, inson 
paydo bo‘lganidan beri uning tanasidagi faollik kunduzi ortadi, kechasi susayadi. Bordiyu, biz shu tartibga 
bo‘ysunmay faqat ovqat eyish, ichkilikbozlik va turli nomaqbul ishlar bilan band bo‘lsak, bunday holat 
sog‘ligimizga katta zarar etkazadi. SHuningdek, ish kuni, dam olish vaqti to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi 
kerak. 
4 - shart. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta’minlash: Bu shartning mohiyati katta. Negaki, 
bizning tanamiz, ichki a’zolarining faoliyati asab tizimi bilan boshqariladi. Ichki a’zolarining me’yordagi 
ishi esa ruhiy holatimizni, kayfiyatimizni belgilaydi. SHuning uchun, huda - behudaga jizzakilik qilmaslik, 
yaxshi narsalar to‘g‘risida o‘ylab, oqilona fikrlash, yomon va gunoh ishlardan o‘zini tiyishi, nafsga erk 
bermaslik, ota - bobolar o‘gitlarini hayotda qo‘llash, 
xushfe’l, xushmuomala bo‘lish sog‘liqni saqlash va 
mustahkamlashga xizmat qiladi. 5 - shart. 
Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi zararli 
odatlardan o‘zini tiyish:Bu illatlarning kishi tanasiga, 
sog‘ligiga hamda turmush tarziga ziyoni ko‘pligi 
shubhasizdir. Bu odatlarning zararini bilmaydigan 
odamning o‘zi yo‘q. Bunday shaxslarni hayotga befarq, 
tavakkaliga yashovchi va o‘z sog‘ligini o‘ylamaydigan, 
faqatgina shu kunning rohati, bir fursatlik aldamchi 
ko‘ngilxushlik uchun yashovchilar deyish mumkin. 
6 - shart. Ozoda - orastalikka rioya qilish, atrof - muhitga 
bo‘lgan munosabat masalasi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof - muhitga ma’lum darajada ta’sir 
ko‘rsatadi. Misol uchun, biror ish qilganda qo‘l, kiyim - bosh, shuningdek, tana va ichki a’zolarning faoliyati 
tufayli modda almashinishi natijasida hosil bo‘lgan chiqitlardan teri ifloslanadi. Hayotimiz uchun zarur 
bo‘lgan oziq - ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Bularni to‘g‘ri kelgan joyga tashlash 
tufayli atrof - muhit zararlanadi. Oqibatda suvda, tuproqda, havoda kishi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi 
omillar vujudga keladi. SHuning uchun, ozodalikka rioya qilish kundalik turmushimizda odatiy holga 
aylanishi kerak. Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim sharti, bu sog‘lom turmush kechiruvchi odamlar 
bilan do‘stlashishdir 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin