Viloyati tumani umumta’lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi



Yüklə 59,13 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü59,13 Kb.
#187035
1   2   3   4
2-sinf ona tili o\'qish Sharikning tug\'ulgan kuni

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I.Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash.
O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Ustozimga yordamchi,
Pok tutaman xonani
Hamda yozuv taxtani.
Ustozimiz shod bo’ling
Bugun hamma shu yerda
Darsingizni miriqib
Eshitish umidida.
O’qituvchi: Endi sinfdagi o‘quvchilar bilan tanishib olamiz.,,Zanjir“o‘yini orqali o’quvchilar ismlarining bosh harfi bilan boshlanadigan sifatlarini aytadilar.
O’quvchilar: Ahrorbek-a’lochi, Madina-mehnatkash, Saida-sadoqatli, ........
O’qituvchi: Sizlarga savol beraman, javobini aytasiz.
1-savol.Kechqurun yo’llarimizni yoritib turuvchi osmon jismi? ( Oy)
2-savol.Hamma insonlar uning uvog’ini ham ko’zga surtib qadrlaydigan ne’mat? (Non)
3-savol.Inson tug’ilganidan keyin ilk bor eshitadigan onalar qo’shig’i? (Alla)
4-savol. So’zlarni talaffuz qilganimizda faol ishtirok etuvchi nutq organlaridan biri?(Til)
5-savol.Insonni Yuksaklikka ko’taruvchi narsa? (Ilm)
6-savol. Issiqxonlarda yetishtiriladigan meva? (limon)
7-savol.Insonni eng yaqin sodiq do’sti hisoblanuvchi hayvon? ( It)
8-savol.Bizning vatanimiz qayer?(Ozbekiston)
9-savol.Bizning viloyatimiz qayer?(_______________ shahri)
10-savol.O’zbekistning poytaxti qayer? (Toshkent)
11-savol.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin nimalarga
ega bo’ldi? (Bayrog’i,madhiyasi,gerbi,qomusiga)
12-savol Bu yil qanday yil deb e’lon qilindi?
15-savol.O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilindi?(1991-yil 31-avgustda)
16-savol.Rassom nima qiladi?(Rasm chizadi)
18-savol.Bayroq qabul qilingan kun? (18-noyabr)
19-savol.Madhiyamiz muallifi?(A.Oripov)
20-savol.Ingliz tilida sanang.
O’qituvchi: She’riyat olamiga sayohat qilsak bunda vatanni madh etuvch she’rlardan eshitamiz.Shu paytda vatanimiz haqidagi video rolik namoyish etib qo’yiladi:



Muazzam : Vatan - so’zi naqadar aziz,
Vatan- qadami bunchalar qutlug‘
Tillar ham ojiz uni aytganda,
Sevinchga tulaman she’rlar bitganda.
Begoyim: Vatan ostonang erur tillodan,
Chunki zaminingda jasurlar yotur
Vatan sen uchun Navoiylaring ,
Jannat bog’larida g’azallar bitur.


Malika: Vatan-madhingni kuylayman men ham,
Shamolda tebrangan tetik gul kabi.
Vatan -ertangni o’ylayman men ham,
Intilgan bolaning orzusi kabi.



Yüklə 59,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin