___________ Viloyati _________ tumani ___ -umumta’lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi ______________________ning ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI Fanidan ‘’Sharikning tug’ilgan kuni’’ mavzusida tayyorlagan 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi.
Sana ___________________ SINF:2 Mavzu: Sharikning tug’ilgan kuni Ta’limiy: o‘quvchilarni “Sharikning tug’ilgan kuni” mavzusi mazmuni bilan tanishtirish,, sharikning tug’ilgan kuni” mavzusi asosida o’quvchilarga yangi bilim,ko’nikma va malakalarni shakllantirish
FK 1: hikoyada ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatanning ostonadan boshlanishi va uning muqaddasligi yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbatni o‘stirish.
TK 5: hikoyada aks etgan vatanparvarlik g‘oyasini singdirish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar bilan ishlash, matndagi so‘z, gaplarning ma’nolarini izohlay olishi, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli, “Sonlar va bo‘g‘inlar” mashqi, “Mohir jurnalist”, “Bir haqiqat uch yolg‘on” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.